Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Mirjalol Qosimov: «Mash’al»ning himoyaviy uslubi hamda taqvim zichligi bois ham rotasiyani amalga oshirdik»

Mirjalol Qosimov: «Mash’al»ning himoyaviy uslubi hamda taqvim zichligi bois ham rotasiyani amalga oshirdik»

Baho:
+ | -

Superliga doirasidagi "Mash’al"ga qarshi o‘yindan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va dastlab kasb bayramini nishonlagan matbuotchilarni tabrikladi.

— Avvalo Matbuot va OAV xodimlari kuni bilan nafaqat sport jurnalistlari, balki barcha yo‘nalishdagi qalam ahlini kasb bayrami bilan tabriklayman! Boshqa yo‘nalishdagi jurnalistlar ham kerakli xabar va yangiliklarni yetkazib, ba’zan bizni biroz futboldan chalg‘itib, dunyo hayoti voqe’liklaridan xabardor qilishadi. Barcha jurnalistlarga avvalo salomatlik, ijodiy barkamollik va ishlariga rivoj tilayman.

"Mash’al" o‘yinni chuqur himoyadan qurishini raqibni o‘rganish jarayonida bilgandik. Shu boisdan ham tarkibda qator o‘zgarishlar, ya’ni rotasiyalarga qo‘l urdik. Bu rotasiya taqvim zichligi va shuningdek, raqibning uslubidan kelib chiqib, o‘yinga tanlangan taktikaga ham bog‘liq bo‘ldi. O‘ylaymanki, bugungi rotasiya o‘zini oqladi. "Mash’al" juda tartibli himoyalanadigan, yaxshi shakllangan jamoa. Bunday jamoalarga qarshi o‘yinda tezkor gol muhim. Tezkor gol raqibning rejasini buzib, chuqur himoyadan chiqishga majbur qiladi va bo‘sh hududlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuni o‘ylabmi balki, jamoam birinchi bo‘limda ko‘p shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ydi. Shu bois ba’zan xatolar kuzatildi. O‘yinda raqibni ko‘proq to‘psiz qoldirish ko‘rsatma berilgandi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin yaxshiroq shakllantirilib, qanotlar yanada faollashdi. "Mash’al"ning bu himoyasini o‘rtadan yorib kirish deyarli imkonsiz edi. Qanotlar orqali xavf tug‘dirish vazifasi qo‘yildi va bu reja yakunda samara keltirdi. O‘ylaymanki, o‘yinda haqli ravishda g‘alaba qozondik. Muhimi — g‘alaba. Ko‘p gol ursa ham, kam gol urib yutsa ham g‘alabaga beriladigan ochkolar soni o‘zgarmaydi. Futbolda hech narsani avvaldan bilib bo‘lmaydi. Italiya ham vaqtida kam gol urib jahon chempioni bo‘lgan. Guruhdan esa doim durang o‘ynab, arang chiqardi, masalan. Hozirgi kunda vaziyatlardan foydalanish borasida biroz muammo yuzaga kelmoqda. Asosiysi, vaziyatlar yaratilmoqda. Shunday ruhda davom ettirish kerak.

Elguja Grigalashvilining belidagi jarohat bezovta qilmoqda. Qachon tiklanishi noma’lum. "Nasaf" bilan o‘yingacha safga qaytishi qiyin. Ko‘ramiz", — dedi Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 05:34, 28.06.2020.
O'qildi: 2365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.