O‘zbekiston Superligasining 6-tur o‘yinlari yakunlandi. Odatga ko‘ra turning eng yaxshilarni aniqlashda davom etamiz.
Stadion.uz nashri talqiniga ko‘ra, Superliga 6-turning eng yaxshi darvozaboni deb “Buxoro” posboni Zafar Safoyev topildi.
Safoyev “Nasaf”ga qarshi o‘yinda jamoasini bir nechta vaziyatlarda muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Qolaversa, u o‘zining darvozasi dahilsizligini ham saqlab qoldi. Shuningdek, Safoyev mazkur turning ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi.