O‘zbekiston Superligasi 6-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra, Superliga 6-turining eng yaxshi murabbiyi deb “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis topildi.
Kanchelskis jamoasi Superliga 6-turida Bekabodga safar qildi. "Navbahor" Superliga restartini ajoyib boshlagan "Metallurg"ni mag‘lub etishga erishdi. Shu tariqa, "lochinlar" joriy mavsum safardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.