Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

A seriya. «Milan» «Roma»ni taslim etdi (videosharh)

A seriya. «Milan» «Roma»ni taslim etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 28-turi doirasida «Milan» o‘z uyida «Roma»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limda to‘p asosan maydon markazida bo‘ldi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda "rossoneri" raqibga nisbatan ko‘proq xavfli vaziyat yaratdi hamda haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Taym o‘rtalarida "Milan" ketma-ket burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va har ikkala "standart" xavfli bo‘ldi.

Ammo hisob 76-daqiqada ochildi. Frank Kessi chalqancha uslubda bergan zarbani "Roma" posboni qaytardi. Rebich yo‘llagan dastlabki zarba ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, Ante ikkinchi urinishda darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida Smolling o‘z jarima maydoni ichida Teo Ernandesni yiqitdi. Belgilangan penaltini Hoqon Cholhono‘glu samarali amalga oshirdi. 2:0.

Ushbu g‘alaba tufayli "Milan" o‘z ochkolarini 42taga yetkazib, yevrokuboklar yo‘llanmasini beradigan kuchli oltilikka kirish uchun kurashni davom ettiradi.

Italiya A seriyasi, 28-tur
Milan – Roma 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 76 Rebich, 2:0 – 89, penalti Chalxano‘glu.
Milan – Donnarumma, Konti, Kyer, Romanyoli, Teo, Kastilyexo (Salemakers, 54), Chalxano‘glu, Bennaser, Bonaventura (Lukas Paketa, 54), Kessie, Rebich (Rafael Leau, 78).
Roma – Mirante, Dzappakosta, Manchini, Spinassola, Smolling, Pellegrini (Diavara, 81), Mxitaryan (Perotti, 69), Kristante (Pastore, 81), Veretu, Klyuyvert (Karles Peres, 58), Djeko (Kalinich, 70).
Ogohlantirishlar: Pellegrini (22), Kastilyexo (41), Rebich (62), Veretu (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:25, 28.06.2020.
O'qildi: 3586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.