Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Erkin Baydullayev: "Nasaf"ga qarshi o‘yinga har tomonlama tayyor bo‘lishimiz kerak"

Erkin Baydullayev: "Nasaf"ga qarshi o‘yinga har tomonlama tayyor bo‘lishimiz kerak"

Baho:
+ | -

Superliganing 7-turida AGMK o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi. Turning markaziy o‘yini deya e’tirof etilayotgan bahs oldidan olmaliqliklar himoyachisi Erkin Baydullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Nasaf"ga doim muxlislik qilaman, sababi o‘zim 6 yil "ajdarlar" sharafini himoya qilganman. O‘sha vaqtdagi yigitlar bilan haligacha yig‘ilib turamiz. Hozir u futbolchilarning ko‘pchiligi "Paxtakor"da, qolganlari boshqa klublarda to‘p tepishmoqda. Ro‘ziqul aka bilan ham haligacha gaplashib turamiz. Hozirgi "Nasaf"ning tarkibi ancha yoshargan, deyarli barchasi akademiyadan chiqqan. Menimcha, "Nasaf" kuchli uchlikka kira oladigan jamoa.

Ularga qarshi o‘yinga har tomonlama tayyor bo‘lishimiz kerak. Ro‘ziqul akaning jamoasi o‘yin vaqtida har xil sxemada o‘ynab ko‘radi. Sobiq shogirdi sifatida buni yaxshi bilaman". 

"Mash’al"ga qarshi kechgan o‘yin haqida

"Mash’al" golgacha 5 ta himoyachi bilan o‘ynadi. Goldan keyin esa bizga qiyin bo‘ldi, chunki ular ko‘proq hujumga o‘tishdi. Biz o‘yin so‘nggiga qadar hisobni saqlab qolishga harakat qildik.

Gol urish uchun bizda kam vaziyat bo‘ldi. O‘sha o‘yinda bizga Elguja yetishmadi. U o‘ynamagan o‘yinlarda hujum tashkil qilishimiz qiyinroq bo‘lyapti. U ma’suliyatni o‘ziga ola biladigan futbolchi. Nasib qilsa, navbatdagi o‘yinlarda yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Maqsadimiz, OCHLga yo‘llanmani qo‘lga kiritish".

Kiritildi: 22:30, 30.06.2020.
O'qildi: 3569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.