"Arsenal" Angliya chempionatining 32-turida "Norvich" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).
"Kanonirlar" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang kechagi bahsda "dubl"ga erishdi. "Sky Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, birinchi gol gabonlik futbolchi uchun Angliya chempionatidagi 50-gol bo‘ldi. Buning uchun Obameyangga 79ta o‘yin yetarli bo‘ldi.
"Arsenal"ning bu boradagi avvalgi rekordi Tyerri Anriga tegishli edi. U 50ta gol urish uchun 83ta uchrashuvda ishtirok etishi kerak bo‘lgan edi.