Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

APL. «Manchester Siti» chempionni taslim etdi (videosharh)

APL. «Manchester Siti» chempionni taslim etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 32-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z uyida yangi chempion «Liverpul»ni "chempionlik yo‘lagi" bilan kutib oldiyu, yirik hisobdagi g‘alaba bilan jo‘natib yubordi.

Bahsning 20-daqiqasida Muhammad Salohning zarbasidan keyin to‘p Ederson qo‘riqlayotgan darvoza ustuniga tegib qaytdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Jo Gomes o‘z jarima maydoni ichida Sterlingni yiqitgani uchun penalti belgilandi. De Bryuyne "standart"dan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Oradan 10 daqiqa o‘tib mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Rahim esa jarima maydoni ichida Gomesni chiroyli aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim tugash arafasida Foden jamoadoshi de Bryuyne bilan "devor" o‘ynab, jarima maydoniga kirdi va kuchli zarba bilan hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

"Liverpul" ikkinchi bo‘limda ham "uyg‘ona" olmadi, ustunlik Gvardiola jamoasida bo‘ldi. 66-daqiqasida Sterling tomonidan yo‘llagan zarbadan keyin to‘p Oksleyd-CHemberlenga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda Riyod Mahrez "shaharliklar"ning beshinchi goliga mualliflik qilgandi, ammo VARgolni bekor qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Manchester Siti" o‘z ochkolarini 66taga yetkazib, 3-o‘rindagi "Lester"dan 11 ochkoga ilgarilab ketdi.

APL, 32-tur
Manchester Siti – Liverpul 4:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – 25, penalti de Bryuyne, 2:0 – 35 Sterling, 3:0 – 45 Foden, 4:0 – 66, avtogol Oksleyd-CHemberlen.
Manchester Siti – Ederson, Uoker (Joau Kanselu, 73), Erik Garsiya, Mendi, Laport (Otamendi, 79), Foden, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling (Bernardu Silva, 79), Gabriel Jezus (Marez, 58).
Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold (Uilyams, 76), Gomes (Oksleyd-CHemberlen, 46), Veynaldum (Keyta, 62), Fabinyo, Xenderson, Mane (Minamino, 85), Firmino (Origi, 62), Salax.
Ogohlantirishlar: Gomes (24), Mendi (41), Uoker (57), Xenderson (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:25, 03.07.2020.
O'qildi: 7084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.