Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

APL. «Chelsi» «Uotford»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

APL. «Chelsi» «Uotford»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 33-turi doirasida «Chelsi» kecha oqshom «Uotford»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Bahsning 28-daqiqasida Olivye Jiruning zarbasidan keyin ustunga tegib, to‘rga borib tushdi. Birinchi bo‘lim tugash arafasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi hamda Villian hisobdagi farqni oshirdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ross Barkli hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Chelsi» ochkolarini 57 taga yetkazib oldi va to‘rtinchi o‘ringa qaytdi. «Uotford» (28) esa 17-pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati, 33-tur
«Chelsi» — «Uotford» 3:0
Gollar: 1:0 – 28 Jiru, 2:0 – 43, penalti Villian, 3:0 – 90+2 Barkli.
«Chelsi»: Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Jeyms, Zuma, Kante (Gilmor, 78), Barkli, Pulishich, Maunt (Hadson-Odoi, 76), Villian (Loftus-CHik, 76), Jiru (Abraham, 76).
«Uotford»: Foster, Kabasele, Femeniya (Mazina, 64), Mariappa, Douson, Chaloba, Dukure, Xyuz, Kapu (Uelbek, 58), Sarr (Pereyra, 83), Dini (Kleverli, 64).
Ogohlantirishlar: Kapu (21), Mariappa (49).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:19, 05.07.2020.
O'qildi: 3910 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик