Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Baxtiyor Ashurmatov: «Tursunovning goli o‘yin taqdirini hal qildi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Tursunovning goli o‘yin taqdirini hal qildi»

Baho:
+ | -

AGMK – «Qo‘qon-1912» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mexmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

– Gapni ochig‘i, kayfiyat tushkun. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshlagan edik.Lekin Sanjar Tursunovning goli futbolchilarga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Ushbu gol chempionatning haqiqiy bezagiga aylandi. Yigitlarga rahmat aytaman, oxirgacha durang uchun o‘ynashdi.

Biz ahil jamoa tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Bugun ham shogirdlarimga aytgandim. Biz safarda ham ochko yig‘ishni boshlashimiz kerak. To‘g‘ri hozir yuqori o‘rinlarning birida boryapmiz. Ammo bugun asosiy raqiblardan biriga mag‘lub bo‘ldik. Chempionatni ham yuqori o‘rinlarda yakunlashni istasak, mehmonda ham g‘alaba qozonishimiz kerak. Bugun ham yomon o‘ynamadik. Lekin bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz lozim. Gapni ochig‘i, yigitlarda ruhiyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik. Yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytirishga erishdik. Shuning uchun bugun 2:0 hisobida ortda borayotganimizga qaramay, shogirdlarim kuchli jamoaga qarshi so‘nggi daqiqaga qadar kurash olib borishdi. O‘ylaymanki, jamoamiz potensiali kuchli va biz mavsum yakuniga qadar hozirgi ushbu tempni ushlab turishga harakat qilamiz. Buning uchun mehmonda nafaqat durang balki, g‘alaba uchun ham o‘ynashimiz kerak bo‘ladi.

AGMK o‘yinni ko‘rib chiqqanimizda raqib safida maydon markazini kuchaytiradigan futbolchilar ko‘p ekanligi oydinlashdi. Biz markaziy tayanch himoyamizni kuchaytirish maqsadida Iqbol Malikjonovni maydonga tushirdik. Tanlagan tarkibimiz va taktikamiz o‘zini oqlamadi deya olmayman. Ikkinchi, chiroyli gol o‘yin taqdirini hal etdi.

Mavsum oldida jamoa rahbariyati bilan gaplashganimizda, har yili bo‘ladigan muvaffaqiyatsizliklarni yengib o‘tishimiz va yuqoriroq o‘rinlar uchun tarkibni shakllantirishimiz kerakligini ta’kidlashgandi. Bosqichma-bosqich jamoani shakllantirib, Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaydigan o‘rinlar uchun kurashamiz. Qisqa qilib aytganimda oldimga aniq maqsad qo‘yilmagan, lekin raqboatbardosh jamoa shakllantirishni maqsad qilganmiz. Hozir ishlarimiz yomon emas. Bu yilgi mavsumning o‘zidayoq kuchlilar safiga qo‘shilish uchun kurashmoqchimiz.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 23:26, 07.07.2020.
O'qildi: 2420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик