Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mirjalol Qosimov: "O‘yin shiddatli va jangovar tarzda kechdi"

Mirjalol Qosimov: "O‘yin shiddatli va jangovar tarzda kechdi"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turi doirasida "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- O‘yin juda ham shiddatli va jangovar tarzda kechdi. Chunki, ushbu jamoalar turnir jadvalida ikkinchi, uchinchi o‘rinlarda borishayotgandi. Shu boisdan birinchi bo‘lib gol urgan jamoa g‘alaba qozonishi kerak edi. Ikkinchi bo‘limda omadimiz keldi. O‘yinni biroz kuchaytirdik va tezda birinchi golni urib oldik. Ikkinchi golda esa, menimcha Sanjar rostdan ham yil golini urdi. Shunday chiroyli goli bilan u jamoamizga g‘alaba keltirdi. 2:0 hisobini yomon ko‘raman. 1:0 paytida jamoa ehtiyotkorlikni kuchaytiradi. Shuningdek, "Qo‘qon-1912" jamoasiga ham qoyil qoldim, ular ikki to‘p farqi bo‘lishiga qaramasdan oxirigacha kurashishdi. Bunday o‘yinlar orqali nafaqat futbolchilar, balki muxlislar va o‘zbek futboli ham yutadi.

Futbol shunday narsaki, hujumchi chap qanot himoyasida chap qanot himoyachisi bo‘lib o‘ynashi kerak. Himoyachi esa hujumda hujumchi bo‘lib o‘ynashi kerak. Qachonki futbolchilar doimo bir-birining o‘rnini to‘ldirib yursa, futbol yanada chiroyli bo‘ladi.

Saydullada sariq kartochka bor edi. Shu sababdan uni almashtirdim. Negaki, tezkor futbolchi katta tezlik bilan yugurib ketayotgan paytda yiqitilsa, ikkinchi sariq va bu qizilga aylanib ketishi mumkin edi.

Hozirgi zamonaviy futbolda g‘alabaga erishish juda qiyin. Undan tashqari, buning uchun katta mehnat qilish kerak. Shu orqali inson xursandchilikni o‘ziga taqdim qiladi.

"Bunyodkor"ga qarshi o‘yinni biz ko‘rib chiqdik. Mehmonda o‘ynaganini inobatga olsak, "Qo‘qon-1912" unchalik himoyaviy o‘ynagani yo‘q. So‘nggi daqiqalarda bo‘lgan avtogol esa futbolning bir qismi. Shuning uchun ham men bu gapga qo‘shilmayman.

"Qo‘qon-1912"ning bugungi hujumkor o‘yini bizga syurpriz bo‘lmadi. Undan tashqari jamoa ikki nafar tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynadi. O‘sha “Bunyodkor” bilan bo‘lgan o‘yinda ham ikkinchi bo‘lim davomida sxemalar o‘zgargandi. Bu futbolda tez-tez uchrab turadigan murabbiyning falsafasi.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 23:37, 07.07.2020.
O'qildi: 3735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.