Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi 7 sentyabr kuni Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq 4 sentyabr kuni Tojkiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Vadim Abramov shogirdlari JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi. Ushbu bahslar oldidan terma jamoa sentyabr oyida Toshkentda yig‘in o‘tkazadi.

Eronga qarshi bahs 7-sentyabr kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCH—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8 oktyabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13 oktyabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:24, 08.07.2020.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик