Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Birinchi liga uchrashuvlari 1 avgustgacha qoldirildi

Birinchi liga uchrashuvlari 1 avgustgacha qoldirildi

Baho:
+ | -

8 iyul kuni respublika hududlarida pandemiya tufayli karantin choralarining kuchaytirilishi bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, respublikaning barcha hududlari qizil toifaga aylanishi ko‘zda tutilgan hamda 1 avgustga qadar transport vositalarining harakati cheklangan.

Bugun — 9 iyul kuni shu masala yuzasidan O‘zPFL Birinchi liga klublari rahbarlari hamda murabbiylari bilan onlayn videokonferensiya tashkil qildi. Unda Birnchi liga klublarining karantin davrida rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishi masalasi ko‘rib chiqildi. 

Ta’kidlash joiz, ushbu musobaqada ishtirok etuvchi klublarning moliyaviy imkoniyati yuqori ligalar jamoalarinikidan farq qiladi. Birinchi liga jamoalari boshqa viloyatlardagi o‘yinlarga ko‘p holatlarda o‘yin kuni borib qaytishadi va asosan yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanishadi. Ayni holatda esa viloyatlar orasida transport vositalarining harakati cheklandi. Ruxsat etilgan boshqa transport vositalaridan foydalanish, mehmonxonalar va boshqa harajatlar esa tabiiyki, Birinchi liga klublariga qiyinchilik tug‘diradi. 

Videokonferensiyada yuqoridagi kabi omillarni hisobga olgan holda, Birinchi liga musobaqalarini karantin choralari yumshatilguniga qadar vaqtincha to‘xtatib turish maqsadga muvofiq deb topildi. Futbol klublari esa ruxsat etilgan vaqtlarda mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:31, 09.07.2020.
O'qildi: 4355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.