Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Diyor Imomxo‘jayev «Buxoro» — «Bunyodkor» o‘yini qoldirilgani haqida: Vahimaga hojat yo‘q

Diyor Imomxo‘jayev «Buxoro» — «Bunyodkor» o‘yini qoldirilgani haqida: Vahimaga hojat yo‘q

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» klub futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinganidan so‘ng Superliga 9-turi doirasidagi «Buxoro» — «Bunyodkor» uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi.

Mazkur holatga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev izoh berib o‘tdi.

«Bunyodkor» futbolchisi virus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Jamoaning qolgan a’zolari o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Ammo shunga qaramay, ular ham test topshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu borada aniq ma’lumotlar chiqquniga qadar qolgan jamoalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan «Bunyodkor» ishtirokidagi uchrashuv o‘tkazilmaydi.

Hozircha vahima qilish o‘rinsiz. Taqvimdan «Bunyodkor»ning qoldirilgan o‘yini uchun joy topib berishning hozircha imkoni bor. Qolgan uchrashuvlar esa davom etadi», — deydi Imomxo‘jayev.

Shuningdek, mutasaddi liganing keyingi taqdiri haqida fikr bildirar ekan, Rossiya Premyer Ligasida «Rostov» klubi bilan bo‘lgan holat kuzatilmasligini ma’lum qildi.

«Biz uchun qolgan 13 jamoaning uchrashuvlarga shay holatda bo‘lishi juda muhim.

«Rostov» bilan bo‘lgan voqea sabab Rossiya futboli butun dunyo uchun mavzu bo‘ldi. Biz Rossiya futboli bosib o‘tgan yo‘ldan maksimal darajada o‘rnak olmaslikka harakat qilamiz. Bizning o‘z yo‘limiz bor, agar gap jahon tajribasi haqida ketsa, futboli va umuman boshqa sohalari rivojlangan mamlakatlar yo‘lini o‘rganishimiz mumkin.

PFL uchun birinchi navbatda futbolchilar va umuman aholi salomatligi muhim, undan keyingina futbol. Biz futbol uchrashuvlarini davom ettirish yo‘lida maksimal darajada harakat qilyapmiz va bu borada barcha futbol klublaridan gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘raymiz», — deydi Imomxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida «Rostov»ning olti nafar o‘yinchisida koronavirus infeksiyasi mavjudligi aniqlanib, butun jamoa va murabbiylar shtabi ikki haftalik karantinga olingandi. «Rostov» esa «Sochi»ga qarshi o‘yinda o‘rinbosarlar va 17 yoshli futbolchilar bilan o‘ynashga majbur bo‘lgan va 1:10 hisobida yutqazgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 01:21, 13.07.2020.
O'qildi: 4452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик