"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. "Shaharliklar" yana ispaniyalik havbek variantiga qaytdi.
Ma’lumot uchun, bir necha yil avval ham Tyago xizmatiga "shaharliklar" qiziqish bildirishgan edi. "Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola havbekning kuchli tomonlarini yaxshi biladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchiga "Liverpul" qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.