Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Andrey Kanchelskis: «Ushbu g‘alaba bizga juda zarur edi»

Andrey Kanchelskis: «Ushbu g‘alaba bizga juda zarur edi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Uchrashuv qiyin kechdi. Bunga yigitlarning ruhiy holatlari ham sabab bo‘lgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Boisi, o‘zingizga ma’lum, “Bunyodkor”ning bir nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan. Bir tur oldin esa jamoamiz aynan “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushgandi.

Shu sababli, kecha klub qarorgohi dezinfeksiya qilindi, barcha futbolchilar koronavirusga test topshirishdi. Xudoga shukr, test natijalariga ko‘ra, jamoamiz a’zolarida kasallik qayd etilmadi.

Shunday bo‘lsa-da, shogirdlarimni “Bunyodkor”da yuz bergan holat xavotirga, tashvishga solgan. Chunki yigitlar o‘sha futbolchiga qarshi o‘ynashgan. Bu holatni tushunaman, ularning ham oilalari bor. Ushbu omil ham jamoamiz o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazdi, menimcha.

Nima bo‘lgan taqdirdayam, biz 3 ochkoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, yigitlarning ruhan o‘zlariga kelib olishlari zafar quchishimiz lozim edi va 3 ochko bizga juda zarur edi.

O‘z niyatimizga yetdik. Futbolchilarga maydondagi jonkuyarliklari va ishtiyoqlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Endi keyingi, ya’ni “Surxon” bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Jamoada ichki muhit yaxshimi? Boisi, ayrim vaziyatlarda “Navbahor” futbolchilari bir-birlari bilan tortishishgacha borishdi...
— Yana bir marta ta’kidlayman, bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Axir, barchaning oilasi bor. Shuningdek, futbol o‘yini paytida jamoadoshlarning, shuningdek, darvozabon va himoyachilarning bir-biri bilan dahanaki jangga borishlari normal holat.

O‘zim bir paytlari to‘p surgan “Manchester Yunayted”dagi holatni esga oladigan bo‘lsam, darvozabon Peter Shmeyxel hamda himoyachilar – Garri Pallister hamda Stiv Bryuslar o‘yin paytida bir-birlari bilan hattoki, mushtlashib ketay ham deyishardi. Uchrashuv yakunlaganidan keyin esa quchoqlashib, birga dam olib, restoranga borib ovqatlanishardi. Umuman olganda, o‘yin og‘ir kechdi va ruhiy taraflama ushbu yutuq bizga juda zarur edi. “Navbahor”da ichki muhit juda yaxshi.

— O‘tgan safar jamoadagi ayrim futbolchilarning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayotganligingizni ta’kidlagandingiz. O‘sha o‘yinchilarning kimlar ekanligini ochiq-oydin ayta olasizmi?
— Yo‘q, ularning ism-shariflarini ayta olmayman. Chunki bu klubning ichki ishi. Biz bu borada mavsum yakunida bir xulosaga kelamiz. Men futbolchilarning o‘yinlarida o‘sish kuzatilib, har bir uchrashuvda yaxshi o‘yin namoyish etishlarini xohlayman.

Kimdir o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p suryapti, kimningdir o‘yini unchalik qovushmayapti, boshqasi esa koronavirusdan qo‘rqyapti va hokazo. Ayni paytda o‘sha futbolchilarning nomlarini aytish noto‘g‘ri.Bu haqda mavsum yakunlanganidan so‘ng, gaplashamiz.

Albatta, jamoaning bugungi o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim, lekin yigitlarga maydondagi jonkuyarliklari va ishtiyoqlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

— Superliga keyingi tur bahslarining Toshkentda markazlashgan holda o‘tkazilishi borasidagi fikringiz...
— Menimcha, bu hali aniq emas. Erta yoki indinga bu masalani O‘zbekiston Professional futbol ligasi mutasaddilari bilan muhokama qilamiz. Menga qolsa, qadrdon maydonimizda o‘ynaganimiz yaxshi.

Butun dunyoda pandemiya ekanligini tushunib turibmiz. Umid qilamanki, bu borada O‘zbekiston futboli mutasaddilari to‘g‘ri qaror qabul qilishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:03, 14.07.2020.
O'qildi: 3009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик