Angliyaning "Manchester Siti" klubi rahbariga tegishli bo‘lgan City Football Group, kompaniyasi Rossiyaning «Sochi» klubi aksiyalarini ma’lum bir qismini sotib olmoqchi.
Rossiya matbuotining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, City Football Group kompaniyasi «Sochi» klubi xo‘jayini Boris Rotenberg bilan muzokara olib borgan. Biroq, aftida bu muzokara davomida suhbatdan nariga o‘tilmadi.
Qo‘shimcha qilish kerakki, City Football Group kompaniyasi xo‘jayini Mansur ibn Zayd Al Naxayyan hisoblanadi.