Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

A seriya. «Yuventus»ning «Sassuolo»ga tishi o‘tmadi

A seriya. «Yuventus»ning «Sassuolo»ga tishi o‘tmadi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan "Sassuolo" - "Yuventus" o‘yini qiziqarli bo‘lishi kutilgandi. Uchrashuv kutilganidan ham a’lo darajada chiqdi.

Bahsning dastlabki 12 daqiqasi ichida turinliklar 2ta gol urib, go‘yoki o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ygandek ko‘ringandi. Ammo mezbonlar o‘yin nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirib, ketma-ket xavfli uyushtira boshlashdi. "Yuve" posboni Voysex Shchesni birinchi bo‘limda 3ta muqarrar goldan jamoasini qutqardi. Shunga qaramay, "Sassuolo" tanaffusga qadar 1ta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa dastlab Berardi jarima zarbasidan ajoyib gol urgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Kaputo maydon egalarini oldinga olib chiqdi.

Tabiiyki, bu hisob "Yuventus"ni qoniqtirmaydi. Bahsning 64-daqiqasida burchakdan yetkazilgan uzatmani Aleks Sandro bosh bilan "Sassuolo" darvozasiga joylab, muvozanatni tikladi.

Krishtianu Ronaldu bu safar maydonni golsiz tark etdi. Vaholanki, o‘yin davomida gol urish uchun unda bir nechta imkoniyatlar bo‘lgan edi. Raqib himoyachilari va darvozaboni portugaliyalik futbolchi zarba bergan paytda yaxshi harakat qilishdi.

"Sassuolo" esa bahs so‘ngida g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Shchesni 2ta qiyin zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu jamoaning mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 7taga yetdi.

Shu tariqa, "Yuventus" ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa baxtiga ta’qibchilar ham ochko yo‘qotishmoqda. 20 iyul kuni "Yuventus" - "Lasio" jangi bizni kutib turibdi.

Italiya chempionati, 33-tur
Sassuolo – Yuventus 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 5 Danilo, 0:2 – 12 Iguain, 1:2 – 29 Jurichich, 2:2 – 51 Berardi, 3:2 – 54 Kaputo, 3:3 – 64 Aleks Sandro.
Sassuolo – Konsili, Myuldyur, Kirikesh (Marlon, 75), Peluzo, Kiryakopulos, Jurichich (Traore, 67), Lokatelli, Manyanelli (Burabiya, 67), Boga (Raspadori, 86), Berardi (Ferrari, 86), Kaputo.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Kyellini (Rugani, 46), de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Matyuidi (Remzi, 81), Pyanich (Rabyo, 57), Bernardeski (Duglas Kosta, 62), Iguain (Dibala, 57), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Manyanelli (42), Bernardeski (45), Kiryakopulos (53), Berardi (58), Ronaldu (62), Bonuchchi (81), Burabiya (90), Remzi (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:48, 16.07.2020.
O'qildi: 6019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик