Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn klublardagi 200-golini urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn APL doirasidagi ""Nyukasl"ga qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa, u proffesional klublar safidagi gollari sonini 201taga yetkazib oldi.
Ma’lumot uchun, Keyn "shporlar" safida 185ta, "Milluoll"da 9ta, "Leyton Oriyent"da 5ta va "Lester Siti" tarkibida 2ta gol urishga erishgan.