Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Paxtakor» — AGMK o‘yini kelishilganmidi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

«Paxtakor» — AGMK o‘yini kelishilganmidi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" — AGMK o‘yini haqida turli xil fikrlar bildirildi. Men uchrashuvni kelishilgan deb o‘ylamayman.

Birinchidan, bunga yetarli darajada asosim yo‘q. Ikkinchidan, uchrashuvni boshidan oxirigacha kuzatib bordim. Uchinchidan, hisob 2:2 bo‘lganida ham Paxtakor hujum qilishda davom etdi va faqatgina darvozabon sabab AGMK durangni saqlab qoldi.

Kelishilgan o‘yin uchun o‘zini ko‘rsatish niyatida bo‘lgan 19 yoshli futbolchining maydonga tushirilishi dargumon. O‘sha futbolchi golli uzatma berdi. Yana bitta vaziyatda gol urishi mumkin edi, tushunishimcha, shoshib qoldi. Ko‘p hollarda uchrashuvni to‘liq kuzatmagan odamlar uchrashuvni kelishilgan deb aytishgandek tuyuldi. Bu ularning shubhasi, asos ham bo‘lsa, uni bizga taqdim etishlarini so‘raymiz.

Bir vaqtlar AGMK yoki "Metallurg" o‘yinlari masalasida hammamizda shubhalar bo‘lgan. So‘nggi ikki yilda ular ishtirokidagi o‘yinlarni ham alohida ko‘rishingiz mumkin. Duranglar, janjallar, Qosimovni qizil kartochka olishgacha olib boradigan asabbuzarliklar va hokazo.

Kecha "Arsenal" — "Liverpul" o‘yinini kim ko‘rdi? Agar shunday uchrashuv bizda bo‘lsa, biz Van Deyk va Alisonning ko‘zini aniqki ochirmasdik. Aslida esa yulduzlar ham xato qilib turadi. "Liverpul" chempionlikni naqd qilib qo‘ymaganida, katta ehtimol bilan ular bunday xato qilishmasdi degan fikrim bor.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:10, 16.07.2020.
O'qildi: 6406 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик