Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

“A Seriya”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan kim? (top 5)

“A Seriya”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan kim? (top 5)

Baho:
+ | -

Stadion.uz bir vaqtlar “kichik jahon chempionati” deb nomlagan birinchilik – Italiya “A seriyasi” rekordchilari bilan tanishtirib o‘tadi. Bugun ushbu musobaqada barchadan ko‘p to‘p tepgan futbolchilar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

5-o‘rin. Janlukka Palyuka

Qahramonimiz asosan o‘rtamiyona klublar sharafini himoya qilgani bois, ko‘plab muxlislar uni darrov tanimagan bo‘lsa, kerak.

Vaholanki, bu kipper o‘z vaqtida Italiya terma jamoasidan ham chaqiruv olishga muvaffaq bo‘lgan.

Janlukka ikkinchi qavatda to‘pga chiqish borasida chinakam professional edi. Shu sababli, o‘z vaqtida “Inter” uni sotib olgan edi. Afsuski, grand klubda Janlukka raqobatni boy berdi va “Askoli”ga o‘tib ketdi. Keyinroq “Balonya” sharafini himoya qilgan darvozabon 2007-yilda qo‘lqoplarini mixga ildi.

39 yoshga qadar “A Seriya” uchrashuvlarida maydonga tushgan Palyuka 592 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan.

Xavyer Zanetti

Ushbu ro‘yxatimizdagi italiyalik bo‘lmagan yagona futbolchi. Qahramonimiz “ko‘k-qora”lar safida 19 ta mavsum o‘tkazdi va qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi.

Ayniqsa, Joze Mourinyo “Inter” tepasiga kelgach, jamoa Italiya klublari orasida birinchi bo‘lib trebl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha mavsumda argentinalik futbolchi super universallik namoyish etgancha hali-hamon top darajadagi ijrochi ekanligini isbotlagan edi.

“Inter” jamoasining abadiy sardori 2014-yilga qadar jamoa libosini kiydi va faqat 40 yoshdagina butsalarini mixga ildi. Zanetti “A seriya”ning 615 ta o‘yinida maydonga tushgan. Bu “Inter” jamoasi tarixidagi eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.

Franchesko Totti

Klubga sodiq qolish borasida istalgan yulduz bilan tenglasha oluvchi tirik afsonalardan yana biri.

O‘z vaqtida “Real Madrid”ga rad javobini bergan Totti 25 yil davomida “Roma” muxlislarini xursand qilishga intildi. Bu orada Totti Italiya kubogi, Italiya chempioni va Italiya super kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

To‘g‘ri natijalar borasida Chesko ro‘yxatdagilar bilan bahslasha olmaydi, biroq Totti Rim shahrining tom ma’nodagi ramziga aylanib ketdi. Totti “bo‘rilar” libosida 619 ta o‘yinda maydonga tushdi va “Olimpiko” arenasining imperatoriga aylandi.

Paolo Maldini

Maldini ham o‘z jamoasi uchun 25 yil umrini bag‘ishladi. To‘g‘ri, uning karyerasida klub miqiyosidagi sovrinlar Tottinikidan ko‘proq bo‘ldi. Sababi, Paolo “Milan”ning eng gullagan davrlarida futbolchilik faoliyatini olib bordi. Bu esa, natijalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Maldini “Rossoneri”lar safida barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tardi va 41 yoshga qadar super formada to‘p tepdi. Qahramonimiz o‘zining xayrlashuv uchrashuvida ham 90 daqiqa harakat qildi va maydonni tabassum bilan tark etdi.

Bu uning “A Seriya”dagi 647-o‘yini bo‘lib, “Milan” o‘z sardori bilan g‘alaba qozondi. 2008/09-mavsum Maldini uchun so‘nggisi bo‘ldi. Klub Maldini nomini abadiylashtirish maqsadida, u harakat qilgan raqamni abadiy muzlatib qo‘ydi.

Janluiji Buffon

Jiji bu ko‘rsatgich borasida yaqindagina Maldinini quvib o‘tganidan xabaringiz bo‘lsa, ajab emas. Ayni damda, Jiji hisobida 649 ta o‘yin mavjud. Bu ko‘rsatgich allaqachon 700 ni tashkil etishi mumkin edi, biroq qahramonimiz Parijda bir mavsum harakat qildi va shaxsiy ko‘rsatgichni yaxshilay olmadi.

Shunga qaramay, Jiji bugungi kundagi “Yuventus”ning timsoliga aylanib ulgurdi. To‘g‘ri, u asosiy tarkibda maydonga tushmayapti, to‘g‘ri avvalgi darajadagi kipper emas, biroq u Buffun! Uning nomini eshitgan istalgan muxlis borki qalbida darvozabonga nisbatan hurmatni his etadi. 

Balki bu mavsum 42 yoshli darvozabon uchun so‘nggisi bo‘lar?! Shunday ekan, uning o‘yinlaridan zavq olishga ulgurib qolish lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:54, 16.07.2020.
O'qildi: 3356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.