Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Manchester Siti" YECHLda: Yevropada norozilik kuchaymoqda

"Manchester Siti" YECHLda: Yevropada norozilik kuchaymoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" UYEFA, moliyaviy feyr-pley va futbol olamiga ta’sir qildi. «Shaharliklar» kutilmaganda Yevropa musobaqalaridan chetlatilish masalasida g‘olib bo‘lishdi. Football Leaks'ning "shayx" klubining asossiz foydasi haqidagi hikoyalari, hech bo‘lmaganda Shveysariya hakamligi uchun zaif dalil bo‘ldi.

TANQIDLAR KUCHAYDI

CASning munozarali qarori Gvardiola va jamoaning transfer bozorida pul sarflashni davom ettirishini anglatadi va shu bilan bir vaqtda boshqa gigantlar ("Barca", "Real Madrid", "Yuventus", "Bavariya" yoki "Liverpul") bilan teng bo‘lmagan raqobatni keltirib chiqaradi.

Premyer-liga vise-chempionining afv etilishi Yevropa matbuoti sahifalarida tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ispanlar g‘azablanishdi. Ular "Manchester Siti" va "PSJ" homiylarning ko‘magidan bahramand bo‘lishlariga ishonishadi. "Marca" "UYEFA uchun halol o‘yin prinsiplariga qattiq zarba" haqida yozdi, Lozanadagi britaniyaliklarning g‘alabasi xavfli holatni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi – boylar odatda har qanday cheklovlarga tupurishadi. Hatto Messining "Manchester Siti"ga o‘tishini ham istisno qilmaslik kerak.

Gvardiola yangi futbolchilar uchun 100 million yevro ajratmoqchi edi... va bu CAS qaroridan oldin edi.

HAMMASI SORIANO TUFAYLIMI?

UYEFA bunday "ishonchli" g‘alabani kutmagan edi, deya ishontirmoqda AS nashri. Lozanna Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi rasmiylari uchun "sovuq dush"ga aylandi. "Manchester Siti"ning g‘alabasi PSJ uchun ham signal bo‘li", – deya shikoyat qiladi Madrid nashri.

Nufuzli jurnalist Francesk Agilar (Mundo Deportivo) CASning qarorini Ferran Sorianoning shaxsiy g‘alabasi deb ataydi — Soriano bir vaqtlar "Barsa" safida Frank Raykard bilan shartnoma imzolagan va mankunianliklarning bosh direktori bo‘lib ishlagan funksioner. Aytilishicha, u klub advokatlari bilan shaxsan ishlagan. "Hamma joyda aloqasi bo‘lgan odam", deya qayd etiladi u. Agilar «Manchester Siti»dagi manbalarga tayanib, UYEFAda tegishli dalillar bazasi yo‘qligini aytdi, go‘yo ayblovlarning aksariyati shunchaki shov-shuv. Oxir-oqibat, UYEFAning mag‘lubiyati hech qanday noroziliksiz qabul qilindi.

"SITI" YECHLni YUTISHI MUMKIN

La Gazzetta dello Sport UYEFAning siyosiy inqirozi va moliyaviy feyr-pley haqida yozdi. Nashr qarorning qonuniy asosini tan oladi: "Jarayon 2018 yil dekabr oyida Der Spiegel sahifalarida shov-shuvli nashrlardan so‘ng boshlandi. Xakerlar Britaniya klubiga bir necha bor hujum qilishdi va "Siti" noqonuniy ravishda axborot tarqalishidan foydalandi. "Shaharliklar"ning barcha himoyasi o‘g‘irlangan fayllarga asoslangan edi". Bundan tashqari, italyan matbuoti Gvardiolaning "imperiyasi" kuchining yanada o‘sishini e’lon qiladi. Kataloniyalik mutaxassis nafaqat shartnomaning oxirigacha (2021 yil iyun) ishlaydi, balki, ehtimol, amaldagi shartnomani uzaytiradi. De Bryuyne va Sterling albatta qoladi! "Klubda katta qiziqish bor. Bu kayfiyat bilan "Siti" Chempionlar Ligasini osonlikcha yutishi mumkin", deya qo‘shimcha qiladi La Gazzetta dello Sport.

10 MILLION SHUNCHAKI YONG‘OQ

Ammo Germaniyaning Bild nashri masalaga o‘zgacha yondashdi. "Evropadagi musobaqalarda ishtirok etishni taqiqlash o‘rniga odatdagi jarima! Manchester 10 million yevro to‘laydi – bu UYEFA talab qilgan miqdorning uchdan bir qismi (30 million). Boy shayxning klubi uchun oddiy yong‘oq.

"Siti", shubhasiz, ayblovlarni rad etadi va o‘zini UYEFA kampaniyasining qurboni deb biladi. Bir necha kun oldin Gvardiola: "Bizning g‘alabamizga ishonaman, chunki men klubning bahs-munozaralarini yaxshi bilaman", degan edi. Ko‘rayotganingizdek, hamma nimaga tayyor bo‘lishini oldindan bilgan. "Manchester Siti"ning jamoaviy ijrosi ommaviy ko‘rgazmadan boshqa narsa emas edi. Bu UYEFA zaxiralari "platina" bo‘lgan klublarni nazorat qila olmaslik degani emasmi?", deya mulohaza yuritadi nemis nashri.

Har nima bo‘lganda ham, endi YECHLda "Manchester Siti" ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rishda davom etamiz. Joriy mavsumda "shaharliklar" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallashlari aniq bo‘lib ulgurdi. Bu esa kelgusi yili YECHL bahslarida Gvardiola shogirdlarini ko‘rishimizni anglatadi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 23:01, 16.07.2020.
O'qildi: 6544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.