Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

FIFA reytingi: Terma jamoalarning iyul reytingi e’lon qilindi

FIFA reytingi: Terma jamoalarning iyul reytingi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) bugun dunyo terma jamoalarining iyun oyidagi reyting jadvalini e’lon qildi. Bir necha oydan beri terma jamoalar rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkaza olmayotgani uchun bu safar reytingda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermadi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oyda egallab turgan 85-pog‘onani saqlab qoldi. Jamoamiz Osiyo qit’asida 12-o‘rinni egallab turibdi. Qit’amizda Yaponiya (28-o‘rin), Eron (33), Janubiy Koreya (40), Avstraliya (42), Qatar (55) va Saudiya Arabistoni (67) Iroq (70), BAA (71), Xitoy (76), Suriya (79) va Ummon (82) terma jamoalari bizdan yuqori pog‘onalarni band etishgan.

Umumiy reytingni ham Belgiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Fransiya va Braziliya kuchli uchlikka, Angliya va Urugvay esa kuchli beshlikka kirishgan. Xorvatiya, Portugaliya, Ispaniya, Argentina va Kolumbiya termalari top-10ga kirishgan.

FIFA reytingi (top-10):

1. Belgiya (1765 ochko)
2. Fransiya (1733)
3. Braziliya (1712)
4. Angliya (1661)
5. Urugvay (1645)
6. Xorvatiya (1642)
7. Portugaliya (1639)
8. Ispaniya (1636)
9. Argentina (1623)
10. Kolumbiya (1622)

Osiyo mamlakatlari reytingi:

28. Yaponiya (1500)
33. Eron (1489)
40. Janubiy Koreya (1464)
42. Avstraliya (1457)
55. Qatar (1396)
67. Saudiya Arabistoni (1351)
70. Iroq (1344)
71. Birlashgan Arab Amirliklar (1334)
76. Xitoy (1323)
79. Suriya (1314)
82. Ummon (1303)
85. O‘zbekiston (1286)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:00, 17.07.2020.
O'qildi: 9536 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик