Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Livakovichni sotib oldi

«Barselona» Livakovichni sotib oldi

Baho:
+ | -1

Xorvatiyalik golkiper Dominik Livakovich «Fenerbaxche»dan «Barselona»ga o‘tdi. Bu ma’lumotni nufuzli insayder Fabrisio Romano e’lon qildi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli darvozabon «Barselona» bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining transferi «ko‘k-anorrangliklar»ga 2 million yevro hamda 2 million yevro miqdoridagi bonuslarga tushdi.

«Barselona» Livakovichni darhol joriy mavsum oxirigacha ijaraga berishni rejalashtirmoqda. U Voysex Shesnining shartnomasi tugaydigan 2027 yilning yozidan boshlab kataloniyaliklarning ikkinchi darvozaboniga aylanishi kutilmoqda.

Livakovich o‘tgan mavsumning birinchi yarmini «Jirona»da, ikkinchi yarmini esa Zagrebning «Dinamo» klubida ijarada o‘tkazdi. Shu bilan birga, u «Fenerbaxche» safida ham bir nechta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Umuman olganda, golkiper 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 marta o‘z darvozasini "quruq" saqlab qoldi.

Kiritildi: 15:59, 25.08.2026.
O'qildi: 3300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик