Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

«Bunyodkor» Jasur Jaloliddinovni qanchaga sotayotgani ma’lum bo‘ldi

«Bunyodkor» Jasur Jaloliddinovni qanchaga sotayotgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda «Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinovning Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqaldi. «Bunyodkor» bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev Kun.uz saytga bergan intervyusida futbolchining transferi qanchaga tushayotgani ma’lum qildi.

"Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan muzokaralar davom etayapti. Futbolchimiz ushbu klubga o‘tish ehtimoli katta. Hozircha transferni rasmiylashtirish ishlari oxiriga yetkazilgani yo‘q. Muzokarani so‘nggi bosqichi davom etayapti. Barchasi muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda ham, hozirgi pandemiya sharoitida uning Moskvaga yetib borish masalasi oson bo‘lmaydi.

Transfer narxini yashirib o‘tirmayman. Bugungi kunda «Lokomotiv» klubi Jasur Jaloliddinovni umumiy 350 ming yevro miqdoridagi transfer puli evaziga sotib olayapti. Futbolchimiz 18 yoshga to‘lganligi uchun ular ham xarajatga yarasha Jasur bilan ko‘p yillik shartnoma tuzishsa kerak. Har holda masalan, biz ham birorta yosh futbolchini katta pulga sotib olsak, shunday yo‘l tutamiz. Moskva klubi ham o‘zbekistonlik futbolchi bilan kamida 5 yillik shartnoma imzolasa kerak.

Jasurga Turkiyaning «Beshiktosh» klubidan ham rasmiy taklif bo‘ldi. Shuningdek, taklif bo‘lmasa-da, Belgiyaning «Anderlext» klubidan, Moldovaning yetakchilaridan, Ispaniya va BAA klublaridan qiziqish mavjud. Ammo ular bilan faqat og‘zaki murojaat bo‘ldi, rasmiy taklifni esa «Lokomotiv» Moskva hamda «Beshiktosh»dan oldik. Jasurning o‘zi «Lokomotiv» klubida to‘p surishga qaror qilgani tufayli, uning istaklarini inobatga olgan holda hozirda Rossiya klubi bilan muzokaraning yakuniy bosqichini olib borayapmiz. Barchasi tez orada hal bo‘ladi", — dedi Ulug‘bek Mirzayev.

Kiritildi: 16:18, 17.07.2020.
O'qildi: 18744 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик