Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Pro liga translyasiyasi yevrofutbolga qanchalik ta’sir qiladi?

Pro liga translyasiyasi yevrofutbolga qanchalik ta’sir qiladi?

Baho:
+ | -

Hech qancha! Shunday savollar bo‘layotgani uchun javob berib ketishni lozim deb topdim. Xavotirga o‘rin yo‘q, Pro liga siz sevib tomosha qilayotgan futbollar o‘rniga efirga chiqmaydi, u UzReportda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Axir kim ham yevrofutbolni Pro liga bilan almashtirishi mumkin?! Bu aqlga sig‘maydi. Yevrofutbol o‘z auditoriyasi ega, uning translyasiyasi allaqachonlar aniq yo‘nalishini topib ulgurgan. Ularning orasiga hatto boshqa chempionatni joylashtirishning imkoni yo‘q. Sababi ba’zida A seriyaning o‘zi ortiqchadek tuyuladi. Asosan shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadigan uch chempionat uchrashuvlarini programmaga kiritishning o‘zi mushkul. Har safar qaysidir yaxshi o‘yindan voz kechishga to‘g‘ri keladi, chunki undan yaxshiroqlari albatta chiqadi. Shuning uchun bu raqobatning ichiga to‘rtinchi chempionatni qo‘shishning iloji yo‘q.

Nima qilamiz? Pro liga taqvimini UzReport programmasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqamiz. Ya’ni, bizning Pro liga yevrofutbolga xalal qiladigan kunlarda yoki kamida soatlarda bo‘lmaydi. Biz 2021 yildan boshlab hattoki Superliga uchrashuvlarini yevrofutbol bilan kesishmaydigan vaqtlarga joylashtirishni rejalashtirganmiz. Bu haqda Sport-TV rahbari bilan fikr almashib ulgurganmiz. Chunki aniq bilamizki, yevrofutbol bilan raqobat qila olmaymiz. O‘sha yevrofutbol auditoriyasi mehrini sekin-asta qozonish uchun ham programmada yo‘llarimiz kesishmasligi shart. Yevrofutbol muxlislarining diqqatlari bo‘shroq sanalarni nishonga olamiz. Ha, ular tanqid qilishlari, hazm qila olmasliklari katta ehtimol, ammo birlamchi vazifamiz ularning diqqatini tortish. Diqqat tortilishi uchun esa o‘sha muxlislarning ko‘zlari yevrofutbolda bo‘lmasligi kerak.

Yevrofutbolni o‘zimiz ham ko‘rishni istaymiz. Yevrofutbolni nafaqat biz, murabbiylarimiz-u futbolchilarimiz ham ko‘rishlaridan manfaatdormiz. Chunki o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 16:31, 18.07.2020.
O'qildi: 5381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик