Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (57-qism)

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (57-qism)

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizga oid tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Milan”dagi gollandiyaliklar ertalabki mashg‘ulotga shoshilishmoqda chog‘i…

Olof Melberg Freddi Yungbergni “sochib tashlamoqchi”, biroq jamoadoshlari bunga yo‘l qo‘ymayapti.



Andrey Arshavinning  “Arsenal” safida uzoq qolishi oson bo‘lmagani aniq…



Biroz eskiroq surat, biroq kadrda abadiy insonlar. Fidel Kastro mashhur boshkiyimini Maradonaga sobvg‘a qilmoqda.



“Seltik” jamoasiga o‘tgan Di Kanio ilk kundanoq shou ko‘rsatishni boshlab yubordi.



“Monako” klubining afsonaviy “Lui II” arenasi.
1984-yil. O‘sha davrning eng baquvvat futbolchilaridan biri – Jon Charlz spagetti totib ko‘rmoqda. 



Qachonlardir Zanetti va Giggz maydonda kurashgan bo‘lsa, keyinroq ular qay biri kechroq butsalarini mixga ilish borasida musobaqalashishdi.


Zvonamir Bobanning  Jinolaning so‘zlaridan kayfiyati ko‘tarildi. Bu kadrda shundoqqina ko‘zga tashlanib turibdi.


Ronaldo o‘sha davrda hech kimga tanish bo‘lmagan Ivitsa Olichni uchratib qoldi. Xorvatiyalik hujumchi vaziyatdan unumli foydalandi va fenomen bilan suratga tushib oldi.



Ko‘pchilik unutgan, biroq o‘z davrida butun futbol muxlislarini qalqitib yuborgan gol. Senegal amaldagi JCH va Yevropa chempionalarini qit’amizda bo‘lgan mundialda mag‘lub etgan edi. Bu o‘yin hali-hamon Senegal televideniyasi orqali namoyish etiladi.


1973-yil. “Ayaks” futbolchilari Yevropa chempionlari kubogida zafar quchishdi. Medallar va kubogni esa, “Yuventus” futbolkasida qabul qilishmoqda. O‘sha davrda shu yo‘sinda finalda mag‘lub bo‘lgan futbolchilarga hurmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, ajab emas.



1966-yilda bo‘lib o‘tgan JCH qahramoni Jon Charlton bilan tanishing. U doimo o‘z sog‘lig‘I haqida qayg‘urgan va 21 mavsum davomida “Lids” sharafini munosib himoya qilgan. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz 81 yoshida ham o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:33, 20.07.2020.
O'qildi: 5474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.