Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Oltin to‘p»-2020 da’vogarlari reytingi yangilandi: 20.07.2020 (top-20)

«Oltin to‘p»-2020 da’vogarlari reytingi yangilandi: 20.07.2020 (top-20)

Baho:
+ | -

"France Football" nashri 2020 yilda "Oltin to‘p" sovrini berilmasligini rasman ma’lum qilgan bo‘lsa-da, "Goal" ekspertlari joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga da’vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning reytingini yangilashda davom etishmoqda. Bugun 20 iyul, dushanba, yangi reyting bilan tanishtirib o‘tamiz.

«Bavariya» forvardi Robert Levandovski hamon reytingning eng yuqori cho‘qqisini egallab turibdi. Shuningdek, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messi o‘tgan haftadagi reyting bilan taqqoslaganda kuchli uchlikni hech kimga bo‘shatishmadi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne esa 4-o‘rindan 6-pog‘onaga tushirib yuborildi. To‘rtinchi qatorga esa "Real" hujumchisi Karim Benzema ko‘tarildi.

"Real" sardori Serxio Ramos esa bir hafta ichida 12-o‘rinda 10-pog‘onaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh esa kuchli o‘nlikni tark etib, 12-qatorga tushdi.

Bir hafta ichida jadvalda ro‘y bergan o‘zgarishlar mana shulardan iborat bo‘ldi.

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga da’vogar futbolchilar (top-20):

1. Robert Levandovski («Bavariya», avvalgi reyting — 1)
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 2).
3. Lionel Messi («Barselona», 3).
4. Karim Benzema («Real», 6).
5. Neymar («PSJ», 5).
6. Kevin De Breyne («Manchester Siti», 4).
7. Kilian Mbappe («PSJ», 7).
8. Tomas Myuller («Bavariya», 8).
9. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 9).
10. Serxio Ramos ("Real", 12)
11. Serj Gnabri («Bavariya», 11).
12.Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 10)
13. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, 13).
14. Paulo Dibala ("Yuventus", 14)
15. Kay Xaverts ("Bayer", 15).
16. Sadio Mane ("Liverpul", 16)
17. Alfonso Devis ("Bavariya", 17)
18. Rahim Sterling ("Manchester Siti", 18)
19. Jordan Xenderson ("Liverpul", 19)
20. Timo Verner ("Leypsig", 20)

Manba: goal.com
Kiritildi: 22:39, 20.07.2020.
O'qildi: 24104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.