"Milan" darvozaboni Janluidji Donnarumma jamoaning 38 yoshli hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"U noyob inson — yirtqich. U bizga ko‘p narsa bermoqda va o‘ziga quloq solish kerakligini ta’kidlamoqda. Ibra bizga yetishmayotgan qo‘shimcha kuch bo‘ldi, hattoki mashg‘ulotda ham.
U g‘oliblik ruhiyatini singdirdi. U ajoyib shaxs. U hech qachon yutqazishni istamaydi, hattoki mashg‘ulotlarda ham", - dedi Donnarumma.