Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Real» - «Vilyarreal» o‘yinida penalti qaytadan tepilishi to‘g‘ri qaror bo‘lgan edimi? (video)

«Real» - «Vilyarreal» o‘yinida penalti qaytadan tepilishi to‘g‘ri qaror bo‘lgan edimi? (video)

Baho:
+3 | -

"Real" Ispaniya chempionligi masalasini hal qilgan "Vilyarreal"ga qarshi 37-tur bahsida e’tiborga molik vaziyat yuzaga kelgan edi.

Bahsning 77-daqiqasida, madridliklar 1:0 hisobida oldinda borayotganida, hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Madridliklar uni o‘zgacha amalga oshirishdi. Serxio Ramos, jamoadoshi Benzemaning to‘purar bo‘lishini istadi shekilli, penaltidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bermasdan, to‘pni oldinga yumalatib qo‘ydi. Ortdan jarima maydoniga yugurib kelgan Karim zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Hakam esa golni bekor qilib, qaytadan penalti tepilishini ko‘rsatdi. Chunki, o‘sha vaziyatda hakam hujum qilayotgan va himoyalanayotgan jamoa vakillari zarba berilgunga qadar jarima maydoniga kirgan deb hisobladi. Xo‘sh, o‘sha paytda referi to‘g‘ri qaror chiqardimi? Thereferee.pro telegram kanali ushbu savolga javob berdi.

Barchasi oddiy ko‘ringaniga qaramay, ushbu vaziyat murakkab bo‘lib chiqdi.

1. Hujum qilayotgan jamoa o‘yinchisi qoidani buzdi hamda penaltidan gol urilmadi (o‘yindan urildi). O‘yin qoidalariga ko‘ra, o‘yinchi (Benzema) yoyni kesib o‘tgan joydan himoyalanuvchi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak.

2. Zarba berilishidan avval jarima maydoniga kirgandek ko‘ringan himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Qoidalar-2020/21dagi o‘zgarishga ko‘ra, uni ichkariga egilgan gavdasiga ko‘ra emas, oyog‘i joylashgan nuqtaga bo‘yicha jarima maydoni tashqarisida deb hisoblash lozim. Albatta, lupa orqali qaraladigan bo‘lsa, o‘yinchining tayanch oyog‘i jarima maydoni chizig‘iga tegib turgan edi. Ammo bir santimetr tufayli qoidani buzgan jamoaga qaytadan penalti tepish to‘g‘ri qaror emas.

Biz ushbu vaziyat yuzasidan FIFA va IFAB instruktorlari bilan maslahatlashdik va yakdil qarorga keldik: penaltini bekor qilib, himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilash kerak.

P.S. "Vilyarreal" oradan ko‘p o‘tmasdan hisobdagi farqni qisqartirgan edi. Demak, penaltidan qaytadigan tepish haqidagi qaror uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi noto‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:23, 21.07.2020.
O'qildi: 7380 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.