Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Buxoro» futbol klubi va Muhsin Muhammadiyev masalasida

«Buxoro» futbol klubi va Muhsin Muhammadiyev masalasida

Baho:
+ | -

OAV Muhsin Muhammadiyev iste’fosi haqida ma’lumot berdi. Ammo «Buxoro» mutaxassis bilan shartnomani rasman bekor qilganicha yo‘q.

Ikki kun avval O‘zPFL klublar bosh murabbiylari va rahbarlari bilan onlayn videokonferensiya o‘tkazganida Muhammadiyev unda ishtirok etdi. Bugun u biz bilan bog‘lanib, bir haftadan buyon mehmonxonada ekani va jamoa bilan birga emasligi haqida aytib o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, Buxoro hokimligi vakillaridan biri (viloyat yoki shahar, aniqlik kirita olmadi) natijalar yaxshi emasligidan kelib chiqib, uning iste’fosini so‘ragan (aslida bu uning vakolatiga kirish yoki kirmasligi alohida masala).

Yaqindagina «Buxoro» futbol klubiga rahbar tayinlash masalasiga yuzaki yondoshilgan, keyinroq O‘zPFL bosh direktorni rasman ro‘yxatdan o‘tkazavermagach, masala qonuniy hal etilgandi. Endilikda bu masala kelib chiqyapti. O‘zPFL klub qarorlarini hurmat qiladi va barcha masala qonuniy amalga oshishini nazorat qiladi. Shuningdek, eslatib o‘tishimiz kerakki, murabbiylarni ishdan olish ham avvalgi yillardagidan butkul farq qiladi. 2020 yildan boshlab shartnomalarga murabbiyni belgilangan vaqtdan oldinroq iste’foga chiqarmoqchi bo‘lgan klublar unga kompensasiya to‘lab berishi kabi band kiritilgan. Unga ko‘ra, Muhsin Muhammadiyev iste’foga chiqsa ham, yil so‘ngiga qadar maoshlarini to‘liq olib turadi. «Buxoro» va murabbiy shunday kelishuvga erishgan.

Hammaga pul kerak bo‘lgan davrda «Buxoro» futbol klubi rahbarlari ham Muhammadiyevga, ham yangi murabbiyga maosh to‘lashlari kerak. O‘sha Yevropada ham biror murabbiyni iste’foga chiqarmoqchi bo‘lgan klub avval mana shu masalalarni obdon o‘ylab, pishitib oladi. Biz ham shunga yetib kelmoqdamiz.     

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:49, 22.07.2020.
O'qildi: 3955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик