Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Liverpul» muxlisi: «Topganlarim va yo‘qotganlarim...»

«Liverpul» muxlisi: «Topganlarim va yo‘qotganlarim...»

Baho:
+ | -

O‘shanda 8 yoshda edim. Qaysidir gazetadan (qaysi ekanligi aniq esimda emas) «Liverpul» va «Alaves»ning Yevropa ligasi finalidagi gollar shousi haqida o‘qib qoldim. U paytlar biz o‘zimiz qo‘lda to‘p yasab, ko‘chada futbol o‘ynardik. Juda qoyillatib qo‘ymaganman futbol o‘ynashni. Lekin oq qora tasvirli eski televizorda futbol ko‘rishni sabrsizlik bilan kutardik. Ko‘pincha elektr tokidagi uzilishlar sababli o‘yinlarni o‘tkazib yuborardik. Natijasini esa har kunlik informasion dasturlardan eshitar edik.

O‘sha davr yulduzlarining o‘yinlaridan bahramand bo‘lishimizga qishloqning kechalari elektr tokisiz qorong‘u zulmatda qolishi to‘sqinlik qilgan. Ba’zan mashinaning akkumulyatoriga ulanadigan “Jinlipu” televizor yordamga kelardi. Bu ham asosan final uchrashuvlarida yoki milliy terma jamoa o‘yinlarida bo‘lardi. Afsuski, bu futbolga yaqinlashishga kamlik qilardi. Chunki finalda o‘ynayotgan jamoa qanday qilib bu bosqichga kelib qolganiniyu, uning tarkibida kimlar borligini ko‘pchiligimiz bilmas edik. “Oqlar” yaxshi o‘ynar ekan, shunga muxlislik qilamiz derdik, “qoralar” ham qolishmas edi. Natija u qadar muhim emasdi. Milliy terma jamoaning yutqazib qo‘yaverishi esa 35-40 ta (hammada ham akkumulyatorga ulab televizor imkoni bo‘lmaganidan qo‘shnilar ham yig‘ilar edi) qorako‘zning hafsalasini pir qilardi.

Shunday tartibda biz yana bir finalni ko‘rdik, Istanbul finalini. Undan keyin yuzlab dahshatli o‘yinlar bo‘lib o‘tsa-da, o‘z mashhurligini yo‘qotmagan final. Shundan beri «Liverpul»ni taniyman, yurakdan his qilaman, mag‘lubiyatini bir necha kun esdan chiqara olmay yuraman. Sevgining bir turi bo‘lgan muxlislik kasaliga chalinganmiz. Biz muxlislik qila boshlagan davrda Stiven Jerrard navqiron yoshda edi. Uning o‘yinlarini yarim tunda ham mudroq bosib ko‘rishning iloji yo‘q edi. Darvoza tomon yo‘llangan zarbalari uyqingizga qo‘shib darvozabonning xushini ham uchirib yuborar edi. Afsus, u Angliya chempionligini qo‘lga kirita olmadi. 2014 yilda o‘ziga qo‘shilib millionlab muxlislari ko‘z yoshi bilan qolib ketdi.

Topganimizdan yo‘qotganlarimiz ko‘proq!

Bu yil «Liverpul» Angliya chempioniga aylandi. Rossiyalik mashhur sharhlovchi va jurnalist Vasiliy Utkin yutubdagi kanalida «Liverpul» muxlislariga bag‘ishlab o‘ziga xos video joylashtirdi. Uning mazmuni «Liverpul» muxlislari nimani topib, nimani yo‘qotganliklari haqida edi. «Liverpul»ning chempion bo‘lishida Yurgen Klopp, futbolchilar, muxlislar, klub shifokorlari, umuman, ko‘pchilikning hissasi bor. Bunga to‘xtalib o‘tirishning xojati yo‘q. Zero ular tufayli bugun biz muxlislarning topganimizdan yo‘qotganimiz ko‘proq.

Vasiliy Utkin o‘z nutqida Yurgen Klopp oddiy murabbiy ekani, favqulodda ajralib turadigan jihatlari yo‘qligi, shunchaki o‘z ishing ustasi ekanini takidlab o‘tdi. Eng achinarlisi Utkin bizga achchiq haqiqatni eslatdi. Quyida uning so‘zlarini aynan keltirib o‘tamiz.

“Ha, «Liverpul» muxlislari, shu kungacha sizlar o‘ziga xos, o‘xshashi yo‘q edinglar. Sizlarda drama, hikoya bor edi. Sizlarda his-tuyg‘u bor edi o‘zgacha. Shunaqa asabiy holatki, shuncha yillardan beri nimadir yetishmas, hatto Chempionlar Ligasidagi g‘alabalar ham taskin bermasdi. Balki nega shunday ekan, deb boshlaringni devorga urgandirsizlar? Balki, o‘sha 1985 yildagi «Eyzel» fojiasi uchun qandaydir qarg‘ish tekkanu hech qachon sodir bo‘lmaydigan orzudek tushkunlikda ham bo‘lgandirsizlar?

Endi esa... Endi «Liverpul»da yana chempionlik bor. «Liverpul» muxlislari, sizlar ham bizga o‘xshab qoldinglar. Hamma qatori bo‘lib qoldinglar. O‘zlaringga xos edinglar, o‘xshashlaring yo‘q edi, sizlarda drama bor edi...

Endi esa, xuddi Lev Tolstoy «Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi...» deganidek, boshqalarga o‘xshaysizlar. Shu bilan baxt tuyinglar. Endi sizlar ham oddiysizlar. Xuddi murabbiylaring Yurgen Klopp kabi”.

«Liverpul» o‘ziga xos bo‘lganligi bois uning g‘alabali mavsumi ham o‘ziga xos bo‘ldi, 30 yil kutgan, kutib sabri yetmay bu ishni avlodlariga qoldirib ketgan muxlislar suyuklisining chempionlik kubogini boshi uzra baland ko‘tarishida muhtasham «Enfild»da to‘plana olmadilar. Bu ham “endi avvalgidek emassizlar” degandek go‘yo. Vasiliy Utkin qanchalar haq ekanini biz ham anglab yetdik. Joriy mavsum chempionlikka bir qadam qolguncha orzuqib kuttik, xuddi avvalgidek o‘ziga xos muxlis bo‘lib kuttik. Lekin endi unday emas, klub chempionga aylangach bizda kutadigan narsaning o‘zi qolmadi. Bizga kuladigan raqiblar endi topilmasligi, tish-tirnog‘igacha qarshilik ko‘rsatib, «Liverpul» chempion bo‘lishini istamaydiganlar endi yo‘q. Chunki endi bundan foyda yo‘q.

Shamsinur AXTAMOV.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 13:58, 23.07.2020.
O'qildi: 4263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.