Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Boks. Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Boks. Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq Jahon chempioni Mayk Tayson 2020 yilning 12 sentyabrida ringga qaytadi.

Afsonaviy bokschiga ko‘rgazmali jangda to‘rtta vazn toifasining sobiq chempioni Roy Jons raqiblik qiladi, deya xabar qilmoqda The Guardian.

Jang 12 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv sakkiz raunddan iborat bo‘ladi.

54 yoshli Tayson avvalroq ko‘rgazmali janglarda ishtirok etish uchun boksga qaytishini e’lon qilgandi. 51 yoshli Roy Jons esa mashhur bokschining jang o‘tkazish taklifiga rozilik bergan.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:50, 23.07.2020.
O'qildi: 13311 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.