Ispaniyaning «Valensiya» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Ispaniyalik mutaxassis Xavi Grasiya rasman «ko‘rshapalaklar» bosh murabbiyiga aylandi.
50 yoshli Grasiya "Valensiya" tomonidan iste’foga chiqarilgan Albert Seladesning o‘rnini egalladi.
Grasiyaning so‘nggi ish joyi «Uotford» bo‘lib, u 2019 yilning sentyabr oyida iste’foga chiqarilgan edi.
«Valensiya» La liganing joriy mavsumida 9-o‘rinni egalladi.