Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Solovyev: «O‘runov — o‘zbekistonlik Xalk»

Solovyev: «O‘runov — o‘zbekistonlik Xalk»

Baho:
+ | -1

«Navbahor» yarim himoyachisi Ivan Solovyov «Ufa» futbolchisi Oston O‘runovning  «Spartak» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq O‘runov Namanganda Solovyov bilan birga to‘p tepgan.

«Men O‘runov bilan yarim yil birga o‘ynadim. Oston — o‘zbekistonlik Xalk. Uning mushaklari massasi taxminan Xalknikidek. U — iqtidorli futbolchi. Agar «Spartak»da uni pas o‘ynashga o‘rgatishsa, u top o‘yinchiga aylanadi.

O‘runov Zobninga nisbatan boshqacharoq pozisiyada o‘ynaydi. Oston — tezlik va driblingga ega bo‘lgan yaxshi o‘yinchi. Eng asosiysi, unga pas orqali o‘ynashni o‘rgatish kerak. Agar u jamoa uchun o‘ynashni o‘rgansa va jamoaga moslashsa — Oston RPLning yangi mavsumida kashfiyotga aylanadi. Uning zarbasi ham juda yaxshi. U Xalk darajasidagi o‘yinchiga aylanadi, sizga kafolat beraman. Ikkinchi Xalk, faqat o‘zbekistonlik. Birinchi turda uning jarima maydoni tashqarisidan urgan golini eslayman. O‘runov — haqiqiy mashina.

Oston rus tilini biladimi? Biz o‘zbek tilida qanday qiynalib gapirsak, u ham shunday so‘zlaydi. O‘runov rus tilini tushunadi, lekin javob bera olmaydi. Ammo Ostonga bu xalal bermaydi. U yaxshi yigit. Shunchaki rus tilidagi hamma so‘zni bilmaydi. Lekin unga gapirilayotgan fikrlarni to‘liq tushunadi.

Hechqisi yo‘q, «Spartak»da unga tilni tezda o‘rgatishadi. Hammasi joyida bo‘ladi. Oston — haqiqiy professional va e’tiqodli inson. Umid qilaman, u «Spartak»da muvaffaqiyatga erishadi", — dedi Solovyov.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:37, 28.07.2020.
O'qildi: 5703 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик