Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Asosiy tarkib yoki Babayan: O‘runovni Moskvada nima kutmoqda?

Asosiy tarkib yoki Babayan: O‘runovni Moskvada nima kutmoqda?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Oston O‘runov Moskvaning "Spartak" klubi futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi. Shu munosabat bilan rossiyalik sport jurnalisti Artyom Kuteynikov O‘runov haqida maqola yozdi. Ushbu maqolaning tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz.

Yangi bosh direktorning birinchi transferi

"Ufa"dan "Spartak"ka o‘tgan Shamil Gazizov "Ufa" futbolchilari uchun Moskvaga yo‘l olishga "yashil yo‘lak" ochib berdi. Birinchi transfer kim bo‘lishi vaqt hukmidagi savol edi. "Ufa"ning eng iqtidorli futbolchilaridan biri — hujumkor yarim himoyachi Oston O‘runov "Spartak"ka o‘tishga yaqin turibdi. 19 yoshli futbolchi atigi 10 ta o‘yinda yetakchilarni hayron qoldirishga ulgurdi. Xo‘sh, u kim va nega Moskva klubiga kerak ekanligi haqida quyida so‘z yuritamiz.

U kim?

Oston – juda yosh futbolchi, 2000 yilning 19 dekabrida tug‘ilgan. O‘runov uzoq vaqt "Paxtakor" klubi akademiyasida tarbiyalandi. Ammo uning birinchi professional klubi "Paxtakor" emas, "Navbahor" bo‘ldi. O‘zbekiston Superligasida Oston 16 yoshida debyut qildi. Bu 2017 yilgi mavsumna to‘g‘ri keldi (O‘zbekistonda bahor-kuz tizimi bo‘yicha), keyingi bosqichda esa barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, asosiy futbolchiga aylandi. O‘runov o‘yinlarning deyarli yarmini o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘tkazdi, samarali natija qayd etmadi, ammo Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Keyinchalik u o‘ziga ko‘proq mos keladigan chiziqda, chap va o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynadi. Mavsum o‘rtalarida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o‘tdi. "Loko"da mavsumning yarmini o‘tkazib, qishda "Ufa" a’zosiga aylandi.

«Ufa»da O‘runov asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va 10 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Oston o‘zini markaziy yarim himoyachi sifatida yaxshi his qiladi, ammo murabbiylar uni hujumga yaqinroq pozisiyada o‘ynatishni ma’qul ko‘rishdi. O‘runov o‘zining driblinglari bilan darrov e’tiborga tushdi.

U qanday o‘ynaydi?

"Ufa"da O‘runov, asosan, yarim himoya markazida o‘ynatiladi, bu unga hujum yaratishda katta erkinlik beradi. U hujumning chap qanotida va hujum markazida ham, qolaversa, himoyada ham o‘ynash uchun yetarlicha mahoratga ega. O‘runov zehni o‘tkir, texnikasi kuchli, tanlovda faol va muvozanat saqlay oladigan o‘yinchi. O‘runovning o‘zi ham, murabbiylar ham uning qayerda o‘ynashi kerakligini yaxshiroq tushunishlari muhimdir.

"Umuman olganda, men hujumchilarni qo‘llab-quvvatlaydigan chiziqda o‘ynashni xush ko‘raman. To‘p bilan muomala qilish va juda ko‘p yugurishni yoqtiraman. Qanotda esa ko‘pincha bir joyda turishim kerak. Ammo dribling tufayli murabbiylar asosan hujum chizig‘ida o‘ynatishadi. Albatta, men zarur bo‘lgan joyda o‘ynashga tayyorman", degan edi futbolchi "Match TV"ga bergan intervyusida.

Nima uchun "Spartak"?

Moskva klublarining transfer bitimlari, albatta, juda hayajonli va ko‘pincha tushunib bo‘lmaydigan, ammo bu holda mantiq aniq. Taniqli iste’dodli futbolchini yangi bosh direktor yaxshi taniydi va Oston o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘runov "Spartak"ka qimmatga tushishi kerak, garchi uning o‘sishi va keyinchalik sotilishi ehtimolini hisobga olgan holda. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, "Spartak" yangi kelganlar uchun 2 million yevro ajratadi, kelishuv bir hafta ichida yopiladi. Hozircha bitta savol bor: Oston qayerda o‘ynaydi — qanotda, markazda? U imkon qadar tezroq asosiy pozisiyani tanlashi kerak.

Moskva klubi uchun bu transfer g‘alaba qozonish variantidir. Agar O‘runov "Spartak"da o‘ynamasa va yangi Mirzovga aylansa (uni Oston bilan solishtirsa), O‘runovni Xitoyga yuborish mumkin, u yerda Ostonni uzoq vaqtdan beri yaxshi biladigan Samvel Babayan tarbiyalaydi. Bundan tashqari, Xitoydan ham o‘zbekistonlik yarim himoyachiga takliflar ham kelib tushdi. Bu haqda futbolchining o‘zi "Match TV"ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Umuman olganda, ushbu transfer "Spartak" uchun muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin yemas. Vaqt o‘tishi bilan O‘runovda o‘ynash uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

Manba: football24.ru

Мақолада Ўруновнинг ҳужумни якунлашдаги камчиликлари ҳам тилга олинган. Унинг ҳужумни яхши бошлаши, аммо  якунловчи зарбаларни муваффақиятли амалга ошира олмаслиги келтириб ўтилган. Ҳеч қиси йўқ, Остон ҳали ёш ва ҳар қандай камчиликни тўғрилаши мумкин.

Kiritildi: 23:53, 28.07.2020.
O'qildi: 8323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.