Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

APL. 2019/20-mavsumining eng yaxshi futbolchilari (ramziy jamoa)

APL. 2019/20-mavsumining eng yaxshi futbolchilari (ramziy jamoa)

Baho:
+ | -

Stadion.uz yakunlangan Angliya premyer ligasining eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon — Din Xenderson («Sheffild Yunayted»; Angliya)

Aslida bu mavsumda braziliyalik kiperlar o‘zlarini yaxshi namoyish etishdi. Alisson mavsumni ajoyib o‘tkazgan bo‘lsa, Ederson oltin qo‘lqopni o‘ziniki qildi. Biz esa, Din Xendesonni eng yaxshi deb topdik. Ikki mavsumdan beri “Sheffild”da ijara asosida harakat qilayotgan darvozabon yangi darajaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan uning mehnatlari evaziga bu mavsumda “Sheffild” “Tottenhem”, “Chelsi” va “Arsenal”dan kamroq gol o‘tkazib yubordi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “qizil iblislar” allaqachon Henderson uchun yangi shartnoma ustida ish olib bormoqda.

HIMOYACHILAR

Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»; Angliya)

Van Bissaka va Rikardo Pereyrao‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Trent ulardan har jabhada o‘zib ketdi. Mavsum davomida 87takeskin pasni ijro etgan Arnold 4 ta gol kiritdi. Bundan tashqari, uning hisobida 13ta assist ham mavjud. Himoyachi bo‘lishiga qaramay dispecherlik mahoratini namoyish etayotgan “Liverpul” futbolchisiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

Virjil van Deyk («Liverpul»; Gollandiya)

Gollandiyalik futbolchi atigi 3 mavsum ilgari tarkibga qo‘shib olinganiga qaramay, u siz bugungi “Liverpul”ni tasavvur qilish juda mushkul. Bu mavsumda birorta uchrashuvni o‘tkazib yubormagan Virjil APL oltin medallariga ega chiqdi va sayyoramizning eng kuchli markaziy himoyachi ekanligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi.

Xarri Maguayr («Manchester Yunayted»; Angliya)

Virjilga tandem bo‘lishga loyiq futbolchilar yetarlicha topils-ada, biz Xarrini tanladik. Vaholanki, “Lester”dagi Cheglar va “Bernli”dagi Tarkovskiyham mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan edi. Bundan tashqari, bu mavsumda “qizil iblislar” “Siti” va “Liverpul”dan kamroq gol o‘tkazib yubordi. Bu omil zamirida Maguayrning mehnati yotibdi.

Endryu Robertson («Liverpul»; Shotlandiya)

Bu qanotda APLda hech kim Robertson bilan tenglasha olmasligi aniq. 2017-yilda 9 million evaziga sotib olingan futbolchi bugun 80-100 million atrofida baholanmoqda. 12ta assist va 2ta gol. Qanot himoyachi uchun chinakam fantastik statistika. Sodaroq qilib aytganda, Roberson ayni damda APLdagi eng kuchli chap qanot himoyachisi.

YARIM HIMOYACHILAR

Jordan Xenderson («Liverpul»; Angliya)

Xenderson yakunlangan mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. “Liverpul” sardori APL oltin medallari uchun oxirigacha kurash olib bordi. Aynan uning yetakchilik qobiliyati sababli “Liverpul” o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yana qaytara oldi.

Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»; Belgiya)

Kevin APLning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. 13ta gol va 20ta assist. Shunchaki, fantastika! Belgiyalik yarim himoyachi APL bahslarini bu mavsumda chinakamiga bezab berdi desak,adashmagan bo‘lamiz.

Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»; Portugaliya)

Portugaliyalik futbolchi Manchesterga qishda ko‘chib o‘tdi va atigi 14ta o‘yinda maydonga tushdi. Shunga qaramay, nimalarga qodir ekanligini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Uning 8ta gol va 7ta assisti “Manchester Yunayted”ning Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida katta rol ijro etdi.

HUJUMCHILAR

Sadio Mane («Liverpul»; Senegal)

Mani bu mavsumda sermahsullik namoyish etmadi, biroq juda muhim uchrashuvlarda “Liverpul”ning joniga oro kirdi. Ayniqsa, YECHLdagi qoqilishdan so‘ng, Mane hujumdagi asosiy ishni o‘z zimmasiga olgani e’tiborga molik.

Muhammad Saloh («Liverpul»;Misr)

Avvalgi mavsumlardan farqli o‘laroq, Saloh sof vinger sifatida maydonda harakat qildi. Shunga qaramay, 19ta gol va 10ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishni uddaladi. “Liverpul”ning chinakam brend darajasiga olib chiqishda Salohning tutgan o‘rni beqiyos.

Jyeymi Vardi («Lester»; Angliya)

Vardi 33 yoshida APLning eng yaxshi to‘purariga aylandi. E’tiborlisi shundaki, Vardi bu gollarning barchasini tabiiy uslubda kiritdi va Aguero, Saloh, Abraham, Ximenes, Firmino, Jezus, Marsial singari nomdor raqiblaridan o‘zib ketdi.

MURABBIY

Aslida, mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan Rodjers, Santush, Sulsher, Lempard, Uaylder, Daych va Bryusmaqtovga sazovor. Shunga qaramay, chempion “Liverpul” va uning ustozi APLning ayni damdagi eng kuchli murabbiyi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:39, 29.07.2020.
O'qildi: 6895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.