Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Arzonlab ketgan “Arsenal” va taxtga qaytgan “Real”. Dunyoning eng qimmat brendlari

Arzonlab ketgan “Arsenal” va taxtga qaytgan “Real”. Dunyoning eng qimmat brendlari

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Brand Finance” elonqilgan futbol olamining eng qimmat brendlari ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tadi.

 

Brend narxi jamoa tarkibi va uning ekanomik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan. Bundan tashqari, Infratuzilma ham inobatga olingan. Nashr mutaxassislarining ma’lum qilishicha, bu raqamlar yanada kattaroq bo‘lishi mumkin edi, biroq kornavirus sababli yuzaga kelgan pandemiya klublarning sezilarli darajada zarar ko‘rishlariga sabab bo‘ldi. So‘nggi 6 yil ichida ilk bor dunyoning eng qimmat 50 ta brendining narxida o‘sish kuzatilmadi. Aksincha, 3,7 foizga (751 million yevroga) kamaydi. Shu sababli, voqealar dinamikasiga nazar tashlaymiz.

1. «Real» (Ispaniya) – 1,419 mln yevro (-13,8%)

2. «Barselona» (Ispaniya) – 1,413 (+1,4%)

3. «Manchester Yunayted» (Angliya) – 1,314 (-10,7%)

4. «Liverpul» (Angliya) – 1,262 (+6%)

5. «Manchester Siti» (Angliya) – 1,124 (-10,4%)

6. «Bavariya» (Germaniya) – 1,056 (-19,6%)

7. PSJ (Fransiya) – 966 (+5,8%)

8. «Chelsi» (Angliya) – 949 (-1,9%)

9. «Tottenxem» (Angliya) – 783 (+3,3%)

10. «Arsenal» (Angliya) – 719 (-18,18%)

Hali-hamon “Real” futbol olamining eng qimmat brendi bo‘lib turibdi. Vaholanki, “qirollik klubi”da sezilarli pasayish kuzatilgan. Shu sababli, Ispaniya chempioni “Barselona”ni o‘ziga yaqin kelishi uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Bu ro‘yxatda ispan klublari gegemonlik qilayotgan bo‘lsada, kuchli 50 ta brenddagi eng katta ulush Angliya klublariga tegishli. Sababi, ushbu ro‘yxatga bir yo‘la 19 ta ingliz klubi kiritilgan. Bu borada ingilizlar barchadan oldinda. Shu o‘rinda qiziq bir fakt. Koronavirus barcha klublarga ham og‘ir zarba bermagan. Brendlarining narxi ko‘tarilishi borasida “Keln”, “Lester va “Leypsig” klublari birinchi o‘rinda bormoqda. Ularda o‘sish 40 foizga qadar ko‘tarilgan. Ayniqsa, “buqalar” qisqa muddat ichida kuchli 50 ta brend a’zoga aylandi va 15-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniyaga qaytamiz. “Barselona” jamoasi pandemiya chog‘ida ham o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. “La Liga”da bu borada “Valensiya” va “Atletik” yaqqol yetakchi. Ushbu klub brendlari mavsum davomida 32 va 11 foizga qadar qimmatlashdi. Shunday bo‘lsada, Ispaniyaning eng qimmat 3-raqamli brendi “Atletiko” bo‘lib turibdi. “Matraschilar” “Barsa” va “Real”dan deyarli 3 barobar arzon bo‘lsada, ro‘yxatda 13-o‘rinda bormoqda.

Virus sababli futbol brendlari katta talofat ko‘rgani rost. Ayniqsa chipta savdosi va stadion atrofidagi turli ko‘ngil ochar maskanlarning yopilgani jamoalarni qiyin ahvolda qoldirdi. Afsuski, barcha chempionatlar ham APL singari tomoshabop emas. Shu sababli, teletranslyasiyahuquqi bilan kun kechirish juda mushkul. Shunday bo‘lsada, Angliya va Ispaniya o‘z vaqtida musobaqalarni davom ettirish orqali vaziyatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Afsuski, “Liga 1” futbol mavsumining to‘xtatilishidan juda katta zarar ko‘rdi. Musobaqa homiylardan 243 million yevro pulni olishga yaqin turgan edi, biroq Fransiya barcha sport o‘yinlarini ma’n etdi. Ushbu pullar ham bir soniyada havoga uchdi hisob. Achinarlisi shundaki, ayni damda pandemiya futbolga nechog‘lik og‘ir zarba yo‘llagani YECHL bahslari yakunlangach ma’lum bo‘ladi. Unga qadar klublar turli homiylar orqali kun kechirishga majbur bo‘lishmoqda.

Bundesligada hali-hamon “Bavariya”ning abadiy gegemonligi davom etmoqda. Klub pandemiya sababli juda katta summani boy berga bo‘lsada, “Borussiya Dortmund”dan ikki barobar qimmatroqqa baholanmoqda. Dortmund klubi COVID-19 sababli sezilarli zarar ko‘rdi va kuchli 50 ta brend orasida 12-o‘rinni egalladi.

Eng katta farq Fransiya klublarida kuzatildi. PSJ “Liga 1” dagi ikkinchi raqamli klub – “Lion”dan 5 barobar qimmatroq deb topildi. Fransiya futbolining yaqin o‘tmishdagi bayroqdori va iqtidorlar makoni sanalgan “Lion” bor-yo‘g‘I 30-pog‘onada bormoqda. Fransiyadagi kuchli uchlikni 38-o‘rinni band etgan “Marsel” klubi egalladi . Achinarlisi shundaki, kuchli o‘nlikka birorta Italiya klubi joylashmadi. “Yuventus” atigi 11-o‘rin bilan cheklanmoqda. “Milan” brendi 35 foizga arzonlab ketdi va ro‘yxatda 22-o‘rindan joy oldi. “Inter” esa, ishonchli mavsum sababli 14-o‘rinda qoldi.

Darqaqiqat, eng qimmat 50 ta klubning deyarli barchasi kuchli beshlik a’zolari. Shunday bo‘lsada, 4 ta klub boshqa chempionatlarda harakat qilsada, ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi. Ular “Ayaks” (27-o‘rin), “Benfika” (46-o‘rin), “Seltik (48-o‘rin) va “Zenit” (49-o‘rin) jamoalaridir.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:08, 31.07.2020.
O'qildi: 7110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.