Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Belarus chempionati. «Shaxtyor» g‘alaba qozondi

Belarus chempionati. «Shaxtyor» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining 20-turiga start berildi. Mavsum peshqadami "Shaxtyor" klubi safarda "Slusk" mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsning 25-daqiqasida belgilangan penaltini Arxipov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Antich jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi (ha, soligorsklar safida o‘zlarining penaltichisi va jarima zarbasi yo‘llaydigan futbolchilari bor).

Jasur Yaxshiboyev butun o‘yin davomida faol harakat qildi. U bahsni asosiy tarkibda boshlab, hakamning final hushtagiga qadar maydonda harakat qildi.

Ushbu g‘alaba tufayli "konchilar" o‘z ochkolarini 40taga yetkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlikni davom ettiradigan bo‘lishdi.

Belarus chempionati, 20-tur
Slusk – Shaxtyor 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Arxipov, 0:2 – 62 Antich.
Slusk – Pankratov, Krivulkin, Anyukevich, Chebotayev, Takulov, Burayev, Teterenko, Salu, Semenov, Apanasovich (Serdyuk, 63), Zuyevich (Velko, 71).
Shaxtyor – Gutor, Sachivko, Antich, Xadarkevich, Selyava, Ivanovich, Podstrelov (Bodul, 59), Vukmanich (Burko, 46), Szoke, Yaxshiboyev, Arxipov (Balanovich, 29).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:39, 31.07.2020.
O'qildi: 5073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик