Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Anxel Korrea Yan Oblakni Londonning "Chelsi" klubiga o‘tmaslikka chaqirdi.
«Men unday darvozabonni ko‘rmadim. U biz bilan birga o‘ynayotganidan xursandmiz. Oblak raqiblar bizga xavf solishlariga yo‘l qo‘ymayapti. Menimcha, Yan «Atletiko»da baxtiyor. Klub unga kerakli bo‘lgan barcha narsalarni beryapti.
Yanga «Chelsi» kerakmas. London klubi unga "Atletiko" berayotgan narsalarni bermaydi», — dedi Korrea.