Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beyl bu yozda "qirollik klubi"ni tark etmaydi. Bu haqda Mirror nashri yozmoqda.
Avvalroq, madridliklar futbolchining ikki yillik maoshini to‘lab, u bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Beyl 2019/20 yilgi mavsumda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.