Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Sarriga chiqish eshiklari ko‘rsatiladimi?

Sarriga chiqish eshiklari ko‘rsatiladimi?

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarrini iste’foga chiqarish haqida o‘ylamayapti. Bu haqda klub sport diretkori Fabio Paratichi bayonot berdi.

"Sarri jamoa YECHLda "Lion"dan mag‘lubiyatga uchrasa iste’foga chiqariladimi? Butun mavsumni bitta uchrashuv bilan baholamaslik kerak. Skudetto - bu har doim ajoyib natija, chempionatda ketma-ket to‘qqiz marta g‘alaba qozonish esa - aqlbovar qilmas natija. Shuning uchun, kelinglar qiyin va mashaqqatli mehnat natijasida qo‘lga kiritilgan g‘alabalarni qadrlaylik", - Paratichining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

61 yoshli Sarri "Keksa sinyora"ni o‘tgan yilning iyun oyida qabul qilib olgan va uch yillik shartnoma imzolagan.

"Yuventus" - "Lion" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlabki uchrashuvda fransiyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 12:33, 03.08.2020.
O'qildi: 4723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик