Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vadim Abramov: «Barcha bir qarorga keldi»

Vadim Abramov: «Barcha bir qarorga keldi»

Baho:
+ | -

Superliganing birinchi davra o‘yinlari markazlashgan tartibda o‘tkazilishidan xabaringiz bor. «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda barcha bir fikrga keldi. Hamma bir qarorga kelganidan so‘ng buni muhokama qilishdan ma’no yo‘q. Toshkent va poytaxt viloyati jamoalari adolat yuzasidan boshqa maydonlarda o‘ynashini oddiy qabul qildim. Chunki baribir uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tyapti, shuning uchun o‘z maydonida to‘p surish kimgadir ustunlik beradi, deb o‘ylamayman. «Bunyodkor»ga-yu umuman farqi yo‘q. O‘rinbosarlar sun’iy maydonlarda o‘ynashini hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri, sababi barcha 14ta jamoa uchun tabiiy qoplamali maydon topib berishning o‘zi mushkul.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 19:42, 05.08.2020.
O'qildi: 4011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик