Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Yangi Zidan"lar hozir qayerda?

"Yangi Zidan"lar hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz yangi Zidan bo‘lishi kutilgan futbolchilarni va ularning faoliyatini qisqacha yodga oladi.

Dmitriy Payet

“Marsel” jamoasidagi ishonchli o‘yinlari sababli tez ko‘zga ko‘ringa Payet o‘ziga hos tehnika egasi edi. O‘z uslubida zarba yo‘llovchi, o‘z uslubida yuguruvchi va hatt o‘z uslubidagi o‘yin manerasiga ega yigitchaga mashhurlik erta keldi. Uning “Liga 1”dagi debyut o‘yinidan so‘ng, “L'equipe" nashri “Fransiyada yangi Zidan paydo bo‘ldi” sarlavhasi bilan katta maqola e’lon qiladi.

To‘g‘ri, Dmitriy “Marsel” safida uzoq muddat to‘p surmadi, biroq mahaliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyin kutilmaganda “Vest Hem”ning taklifini qabul qildi va APLga yo‘l oldi. Uning “tumanli albion”dagi o‘yinlari kishi ko‘zini quvontirgan bo‘lishi mumkin, biroq ingliz futboli Payetdagi ijodkorlikni sekin-asta kamaytira boshladi.

Shunga qaramay, 2016-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida Desham uning hizmatlaridan foydalanishga qaror qildi. Bu esa, o‘z mevasini bermay qo‘ymaydi. Payet deyarli bir o‘zi jamoani guruhdan chiqishini ta’minladi va muhim gollarni kiritdi. Musobaqani kumush medal bilan yakunlagach, uning o‘yinida keskin pasayish kuzatildi.

Janjallar sababli “bolg‘achilar” uni “Marsel”ga sotib yuborishdan boshqa chora topa olmadi. Achinarlisi shundaki, Payet “Marsel”da o‘zini yana avvalgidek erkin his qilishni boshladi. Bu uning sermahsullik namoyish etishi uchun turti bo‘ldi. Achinarli shundaki, Payet Rossiyada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan JCH oldidan og‘ir jarohat oldi va musobaqani o‘tkazib yubordi. Fransiya oltin medallar bilan ortga qaytdi. Fransuzlar esa, yangi Zidan bo‘lishi tahmin qilingan Payetni unutib yuborishdi. Sababi, allaqachon jamoani yelkasida olib yurishga qodir yangi ijrochilar yetishib chiqayotgan edi.

Jeremi Menez

Bundan bir necha yillar ilgari, Zayniddin Zidan ispan nashrlaridan biriga o‘z vorislari ismini oshkor qilgan edi. E’tiborlisi shundaki, o‘shanda Zayniddin Zidan Eden Azar va Jeremi Menezlarni ko‘rsatgan va ular katta futbolda juda ko‘p narsaga erishishini taxmin qilgan edi.

Eden Azar bugungi kunda Zidan qo‘l istida to‘p surmoqda. Bundan xabaringiz bor. Shu sababli Jeremi Menez haqida fikr almashsak, adolatdan bo‘ladi.

“Monako” klubidagi o‘yinlari bilan shaxsan Zidanning e’tiborini tortgan hujumchini allaqachon unutib ham yuborgan bo‘lsangiz kerak.

Menezni shaxsan Zidan e’tirof etgach, “Monako” yaxshigina summa evaziga uni “Roma”ga pulladi. Qahramonimiz Italiyadagi ilk mavsumida juda ishonchli ko‘rindi va ko‘plab grandlarning e’tibor markazida bo‘ldi. O‘zgacha texnika va to‘p bilan yuqori did bilan muomilada bo‘lish uning maydondagi fishkasiga aylandi. Afsuski, Menez super iqtidorli bo‘libgina qolmay, juda dangasa futbolchilardan biri edi. Aynan shu hislati uning o‘sishiga to‘sqinlik qildi. Keyinroq “Milan” va PSJ singari klublar sharafini himoya qilgan bo‘lsada, unga hech qayerda omad kulib boqmadi.

Ortiqcha vazn muammosi paydo bo‘lgach, Menez Meksikaga yo‘l oldi va bir muddat Shimoliy Amerikada to‘p tepdi. Uning faoliyatini Turkiyada ham Fransiyada ham qayta tiklashning imkoni bo‘lmagach, Menez katta klublar radaridan butkul yo‘qolib qoldi.

Bugungi kunda 33 yoshni qarshi olgan hujumchi “Parij” jamoasida to‘p tepmoqda. Achinarlisi shundaki, bu Fransiyaning quyi ligalarida harakat qiluvchi jamoa. Zidan bu yoshda “Real” sharafini himoya qilayotgan edi. Afsuski, Menez Zidan kutganidek buyuk futbolchi bo‘lib yetishmadi.

Samir Nasri

Samir Fransiya tezda nom qozonishni boshladi. Jazoirliklarga hos familyadagi yigitning maydonda ko‘rsatayotgan mo‘jizalari fransuzsevar Vengerni befarq qoldirmadi. Uning transferini deyarli barcha ingliz nashrlari ““Arsenal” yangi Zidanni qo‘lga kiritdi” sarlavhasi ostida e’lon qildi.

Futbolchining o‘zi esa, bunday “unvon”ni yaxshi qabul qildi. O‘zining ilk intervyularidayoq Zidanning o‘yini ta’sirida futbolga kirib kelganini yashirib o‘tirmadi.

Tan olish lozim, Nasri “Arsenal”da chinakamiga o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.
Darhaqiqat, Nasri markazda ham, qanotda ham birdek faol hujum uyushtirar, keskin uzatmalar borasida benazir edi. Uning to‘p bilan muomilada bo‘lishi Zidannikiga o‘xshab ketar, biroq bu omillar “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolangach ko‘zga ko‘rinmay qoldi. Yiliga 10 million yevrolik shartnomaga ega chiqqan Samir o‘ziga bo‘lgan talabchanlikni yo‘qotib qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi janjallar, terma jamoadan haydalish va boshqa ko‘plab mayda muammolar uning o‘yiniga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda, “Siti” uni har mavsumda ijara asosida turli klublarga jo‘natishni boshlab yubordi.

O‘zining so‘nggi mavsumini Belgiyaning “Anderlext” jamoasida o‘tkazgan Narsi bilan belgiyaliklar shartnomasni uzaytirishni ismatadi. Oqibatda, Nasri ayni damda o‘zi uchun klub izlash bilan ovvora.

Yoan Gurkyuff

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng omadsiz futbolchilardan biri bilan tanishing. Qahramonimiz har jabhada Zidanga o‘xshab ketar, aqilli uzatmalar, sovuqqonlik va yetakchilik uning asosiy quroli edi. “Renn” safidagi ilk mavsumlaridayoq unga “new Zidan” unvoni berildi. 20 yoshga to‘lganida, uni “Milan” o‘sha davr uchun katta bo‘lgan summa evaziga sotib oladi.

Yangi Zidanni shaxsan Karlo Anchelotti jamoasida ko‘rishni istagan bo‘lsada, bu transfer o‘zini umuman oqlamadi. Yoan erta kelgan mashhurlikni ko‘tara olmadi. Undan barcha Zidanning mo‘jizalarini kutdi, biroq Gurkyuff Zidan emasligi ko‘p o‘tmay ma’lum bo‘ldi. Omadsizlikdan so‘ng, “new Zidan" ortga qaytdi. “Bordo” bilan shartnoma imzoladi va ajoyib ikki yilni o‘tkazdi. Keyin esa, o‘yinidan keskin pasayish kuzatilgan uni muxlislar unutib yuborishdi. Bugungi kunda Yoan 33 yoshda. Afsuski, kelajakda Fransiya terma jamoasini JCH g‘olibligi sari boshlashi kutilgan  Yoan o‘ziga klub izlash bilan ovvora.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:31, 05.08.2020.
O'qildi: 6975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.