Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost

«Realdu»

«Realdu»

Baho:
+ | -

Ikki o‘yinning bir kunda bo‘lishida ham ramziy ma’no bordek. Aynan bog‘liqlik Ronaldu va "Real"da. Ronaldu doim mana shunday pallalarda o‘z jamoalariga yordam berib kelgan, yumshoq qilib aytganda. Aslida esa portugallik futbolchi yetaklab, opichlab kelasi bosqichlarga olib borganini bugun "Real" misolida ko‘rdik.

U "qirollik klubi"dan ketgach, tarkibda deyarli katta o‘zgarish bo‘lgani yo‘qdek. Uni ustiga klub La Ligani ham qo‘lga kiritdi. Ronaldu bilan esa 9 yil ichida Madrid klubi menimcha ikki bor Primerada zafar quchgan. Ammo, Chempionlar Ligasida 4 marta g‘olib bo‘lgan. Bu balki "Real"ning emas, Ronalduning turniridek taasurot uyg‘otmayaptimi sizlarda?

"Yuve"ni ham bugun yana bir o‘zi opichlab, daryoning narigi tomoniga olib o‘tmoqchi edi, biroq biroz o‘xshamadi. Nega? Sababi futbolchilarning darajasi boshqa. Ya’ni bu "Real"dagi jamoadoshlari emas. Murabbiy — qo‘rqoq Sarri. To‘g‘ri, Dibala Krishtianu bilan yaxshi chiqishib olgan edi, lekin bugungi o‘yinga uning jismoniy holati tayyor emas ekanligini ko‘rdik. Bernardeski bahsni yaxshi boshlagandi, ammo Sarri uni argentinalik bilan almashtirdi. Murabbiyning yurishlari ham o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi, lekin ijobiy tomonga deya olmaymiz.

Xullas, bu bir o‘yin bilan bog‘liq vaziyat emas. Doim bir futbolchining o‘zi tortib yurolmaydi. "Real"ga kelsak, hamma Varanni ayblamoqda, bunga e’tiroz yo‘q. Ramossiz Varan, Ramos bilan o‘ynaydigan Varandan farq qilarkan, deyishdi ustozlar. Qo‘shilaman. Ammo ikki o‘yinni olib qarasak aynan ikkinchi o‘yinga katta ta’sir etgan omillardan biri Ramosning birinchi o‘yindagi qizil kartochkasi. Uning ham aybi menimcha Varannikidan kam emas. Mayli o‘z manfaatlari uchun bo‘lsa ham jamoani doim oldinga chorlaydigan, doim golga chanqoq Ronaldu "Real"ni tark etganiga 2 yil bo‘ldi. Bunga jamoa ko‘nikdi ham deylik. Ammo, xuddi shunday vazifani o‘z zimmasiga olgan, ichki chempionatda klubning ikkinchi to‘purari bo‘lgan Ramos ham qizil olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygani Varanning xatolari fonida qolib ketmadimikin?! Varan xato qildi, lekin hujumdagi faollikchi, yarim himoya va hujum?

Zidan ham 83-daqiqada 3 o‘zgarishni amalga oshirdi. Nahot, ikkinchi goldan keyin o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q edi?! Nega Asensioni ertaroq tushirmadi? Nima uchun Azarning o‘yinini ko‘ra turib, avvalroq uni o‘zgartirmadi? "Real"da  Vinisius degan futbolchisi bor edi, adashmasam. Har holda Vinisius Yovichdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi klubning yosh muxlislariga ham ayon. Yoki Zidanning ham muvaffaqiyatlari negizini Ronalduning yakka hal etgan o‘yinlari tashkil etadimi?

Qisqa qilib aytganda, Ronalduga bugun "Real" kerak edi, "Real"ga Ronaldu.

Muhammadali Muhammadkarimov.

Manba: https://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Kiritildi: 13:30, 08.08.2020.
O'qildi: 12473 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.