Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

YECHL. «Bavariya», kutilganidek, chorak finalga chiqdi

YECHL. «Bavariya», kutilganidek, chorak finalga chiqdi

Baho:
+2 | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining dastlabki o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozongan "Bavariya", o‘z uyida o‘tkazilgan javob uchrashuvida ham "Chelsi"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Myunxenliklar bu safar "Chelsi" darvozasiga 4ta to‘p yo‘llashdi. Robert Levandovski "dubl"ga erishgan bo‘lsa, Perishich va Tolisso o‘z hisoblariga bittadan gol yozishdi. Londonliklar esa Abraxamning goli evaziga bir marta javob qaytarishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 7:1, "Bavariya" foydasiga.

Germaniya chempioniga chorak finalda "Barselona" raqiblik qiladi. Mazkur chorak final bahsi 14 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o‘yini
Bavariya Germaniya – Chelsi Angliya 4:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Levandovski, 2:0 – 24 Perishich, 2:1 – 44 Abraxam, 3:1 – 76 Tolisso, 4:1 – 83 Levandovski.
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 63), Alaba, Kimmix (Odriosola, 71), Alkantara (Tolisso, 70), Devis, Gnabri (Martines, 81), Goretska, Perishich (Koutinyo, 64), Levandovski, Myuller.
Chelsi – Kabalyero, Zuma, Djeyms, Kristensen, Emerson, Kante, Kovachich, Maunt, Barkli, Xadson-Odoi, Abraxam (Jiru, 81).
Ogohlantirishlar: Kabalyero (8), Emerson (43).
Dastlabki o‘yin: 3:0

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:52, 09.08.2020.
O'qildi: 4042 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик