Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

YECHL. «Barselona» «Kamp Nou»da g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi

YECHL. «Barselona» «Kamp Nou»da g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatida 2-o‘rinni olgan "Barselona" Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bahsiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini namoyish etdi. Setyen shogirdlari "Napoli"ga qarshi javob bahsida to‘liq ustunlikka erishishdi.

Ayniqsa, birinchi bo‘limda kataloniyaliklar raqibga nisbatan tezroq harakat qilib, 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida burchakdan yetkazilgan uzatmani Lengle bosh bilan darvozaga joylab qo‘yib, faoliyatida YECHLdagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi taym o‘rtasida Lionel Messi o‘ziga xos gol muallifiga aylandi. U uch himoyachini aldab o‘tib, yiqildi, o‘rnida turdi va yana yiqilayotib zarba berdi. To‘p Ospina qo‘riqlayotgan darvozaning olis burchagiga borib tushdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan argentinalik futbolchi yana bir chiroyli gol muallifiga aylandi. Ammo VAR vaziyatni ko‘rib chiqqach, Leo to‘pni ko‘kragi bilan qabul qilgan paytda to‘p futbolchining qo‘liga tegib ketganini aniqladi va golni bekor qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Messi Kulibaliga nisbatan bosim uyushtirdi va undan to‘pni olib qo‘yish chog‘ida himoyachi Lionelning oyog‘idan tepib yubordi. Vaziyatga VAR aralashdi va penalti belgilandi. Bu paytda Messiga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani uchun penaltini Suares tepdi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5 daqiqada "Barselona" darvozasi tomon penalti belgilandi. Insinye 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, o‘yinga intrigani qaytardi.

Maydon egalari ikkinchi bo‘limda asosan hisobni ushlab qolish uchun o‘ynashdi va buning uddasidan chiqishdi. To‘g‘ri, bir vaziyatda Milik "Barsa" darvozasiga to‘pni yo‘llagan edi, ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

Shu tariqa, "Barselona" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:1) chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu bosqichda Setyen jamoasiga "Bavariya" raqiblik qiladi. Mazkur o‘yin 14 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o‘yini
Barselona Ispaniya – Napoli Italiya 3:1 (3:1)
Gollar: 1:0 – 10 Langle, 2:0 – 23 Messi, 3:0 – 45, penalti Suares, 3:1 – 45, penalti InsinYE.
Barselona – ter Stegen, Alba, Langle, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Rakitich, Semedu, Suares (Firpo, 90), Grizmann (Monchu, 84), Messi.
Napoli – Ospina, Mariu Ruy, Di Lorenso, Kulibali, Manolas, Demme (Lobotka, 46), Zelinski (Losano, 70), Kalyexon (Politano, 70), Fabian Ruis (Elmaz, 79), Insinye (Milik, 79), Mertens.
Ogohlantirishlar: Zelinski (60), Suares (90).
Dastlabki o‘yin: 1:1

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:06, 09.08.2020.
O'qildi: 5002 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик