Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (62-qism)

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (62-qism)

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Jorj Vea Maldini bilan bir jamoada to‘p surish haqida hayol surmoqda. Tez orada uning orzusi amalga oshadi va Vea “oltin to‘p”ga ega chiqadi.

Davids “Milan” futbolchilarini birin-ketin safdan chiqarmoqda. Oradan bir mavsum o‘tib, o‘sha futbolchilar bilan “Milan” sharafini himoya qilishiga to‘g‘ri kelishidan xabari yo‘q…

90-yillarning eng oldi yigitlari to‘qnashuvi! Trifon Ivanov Erik Kontanaga qarshi!

Kannavaro boshchiligidagi Italiya mana shu ob-havoda ham Rossiyaning JCHga chiqishiga to‘sqinlik qilib qolgan edi.

Benayunning Yevropadagi ilk jamoasi “Santander” ekanligidan xabaringiz bormi? Keyinroq “Liverpul” va “Chelsi” klublarida porlagan yulduz hali-hamon butsalarini mixga ilganicha yo‘q.

Yugaslaviya chempionati. “Hayduk” – “Sirvena Zvezda” o‘yini birinchi bo‘limdan so‘ng to‘xtatildi. Sababi, davlat rahbari Titoning o‘limi haqidagi xabar tanaffusda futbolchilarga yetib kelgan edi…

1950-yil. Boliviya JCH yo‘llanmasini birorta o‘yin o‘tkazmay qo‘lga kiritmoqda. Sababi, Argentina musobaqadan chetlatildi va uning o‘rnini Boliviya egallamoqda. Jamoa JCHda atigi bitta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, Urugvaydan javobsiz 8 ta gol o‘tkazib yuborgani bilan yodimizda qolgan.

Hozirgina “Inter” “Lasio”ga mag‘lub bo‘ldi va chempionlikni “Yuventus”ga berib yubordi. Ronaldо esa, darrov ketish haqida o‘ylamoqda.

“Fulhem” yetakchisi Eddi Merfiga “ko‘z tekkan” shekili…

Pele hakam bilan tortishmoqda. Hozirgina “Santos” chempionlik uchun kurashda muhim ochkolarni boy berdi. Bu afsonaning ko‘zlaridan shundoqqina ko‘rinib turibdi.

1995-yil. “Ayaks” YECHL kubokini boshi uzra ko‘tarmoqda. Edvin Van Der Sarning Yevropa bo‘ylab sayohati aynan shu uchrashuvdan so‘ng, boshlangan.

Simione, Pochettino va Redondo. Argentina terma jamoasi yarim himoyachilariga e’tibor qarating!

"EVRO 96". Zeeydorf penaltidan foydalana olmadi. Gollandiya uyiga ravona bo‘ladi...

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:55, 09.08.2020.
O'qildi: 6576 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик