Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Milan” tarkibida kelasi mavsumda kimlarni ko‘rishimiz mumkin?

“Milan” tarkibida kelasi mavsumda kimlarni ko‘rishimiz mumkin?

Baho:
+ | -

Stadio.uz turli ishonchli manbalarga asoslangan holda, “Milan” jamoasi nishonida turgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Chap qanot himoyachisi

“Uigan” a’zosi Entoni Robinson aslida o‘tgan mavsumda yoki qishda tarkibga qo‘shib olinishi lozim edi, biroq 23 yoshli futbolchining sog‘lig‘idagi muammolar bunga yo‘l qo‘ymadi.

Entoni 2 oy davomida o‘z sog‘lig‘ini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda, uning varianti ustida “rossonerilar” bosh qotirishda davom etmoqda. Agar akadmiyadagi futbolchilardan biriga imkoniyat berilmasa, tez orada Robinson bilan shartnoma imzolanadi.

Markaziy himoyachi

“Fiorentina” klubi markaziy himoyachisi Nikola Milenkovich bu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi.

22 yosh bo‘lishiga qaramay, deyarli asosiy tarkibdan o‘zi uchun joy naqdladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, allaqachon serbiyalik futbolchining agenti bilan “Milan” muzokaralar olib bormoqda.

Ayni damda, uning taxminiy transfer qiymati 40 millioni tashkil etadi. Milan shahri jamoasi bu summani kamaytirish maqsadida “Fiorentina”ga Lukas Paketani taklif etishni reja qilgan.

O‘ng qanot himoyasi

 

Bu pozisiyaga “Milan” bir yo‘la uchta variantni ko‘rib chiqmoqda.

Transfer huquqi “Barselona”ga tegishli bo‘lgan Emerson bilan muzokaralar hali-hamon davom etmoqda. Mavsumni ijara asosida “Betis”da o‘tkazgan himoyachi o‘zining tezkor harakatlari bilan bir nechta grandlar e’tiborini tortgani rost. Uning transfer qiymati ham bir yil ichida 5 milliondan 30 millionga qadar ko‘tarildi. Ayni damda, “Milan”dan ko‘ra PSJ uning transferini qo‘lga kiritishga yaqinroq turibdi.

Serj Orye borasida “Milan”da imkoniyat yaxshiroq. Serj “Milan” tomonidan qo‘lga kiritilishi shart bo‘lgan transferlar qatoridan o‘rin olgan. Shu sabbali, allaqachon Orye borasida rasmiy taklif yuborilgan.

“Tottenhem” o‘z futbolchisini 20 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. “Milan” esa, bu summani hech bo‘lmasa 15 millionga tushurishlarini talab qilmoqda. Katta ehtimol bilan “Milan”ning 2020/21-yilgi mavsum uchun ilk transferi “shporlar” futbolchisi bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Milan”da zaxira varianti ham mavjud. PSV qanot himoyachisi Denzil Dyumfris ham yangi mavsumni “qizil-qora” libosda boshlashi mumkin. 24 yoshli futbolchi uchun “Milan” 10-15 million sarf etishi lozim, biroq “rossoneri”lar uning katta tajribaga ega emasligi uchun ham biroz ikkilanishmoqda. Shunga qaramay, Serj bilan kutilganidek shartoma imzolashning imkoni bo‘lmasa, Denzil variant birinchi raqamliga aylanadi.

Tayanch yarim himoyachisi

Bu zonani kuchaytirish uchun grand klublar bilan raqbatlashishga to‘g‘ri keladi. Sababi, “Milan” nishonga olgan Luish Florentino uchun kurash avjida.

“Benfika” klubining 20 yoshli tineyjeri bilan “Milan” qishda shartnoma imzolamoqchi edi, biroq Florentino mavsum o‘rtasida klubini almashtirishni istamadi. Keyinroq, “Benfika” Florentinoni 2 mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga berishni “Milan”ga taklif qildi. Bugungi kunda ushbu transfer borasida muzokaralar ketmoqda.

Bundan tashqari, Lukas Torreyraning ham Milanga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori. Arteta “Arsenal” tepasiga kelgach, urugvaylik futbolchi keraksizga aylandi. “Milan” avvalroq ham “a seriya”da to‘p surish tajribasiga ega futbolchi bilan aloqaga chiqqan, lekin “Arsenal”ni uni sotishni istamagan edi. Endilikda, “Arsenal”ning o‘zi Lukasning hizmatlarini “Milan”ga taklif qilmoqda. Shuningdek, “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan Temmi Bakayoko ham “Milan”ga qaytishi hech gap emas. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Bakayoko “Milan”ga qaytish uchun kelasi mavsumda ikki barobar kamroq maosh evaziga to‘p tepishga ham rozi.

25 yoshli futbolchining transferidan “Chelsi” 20 million ishlab olishni niyat qilgan. Shunday bo‘lsada, agar “Milan” Temmini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, bu summa 10 millionga qadar kamayishi hech gap emas.

Vinger

 

“Fiorentina” klubida super mavsumni o‘tkazgan Federiko Kyeza   barcha Italiya grandlari tomonidan kuzatilmoqda. Shu jumladan “Milan” ham 22 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishga qarshi emas. Afsuski, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Sababi, “Fiorentina” rahabari Rokko Komisso Federikoni 70 milliondan kamiga sotmasligini rasman e’lon qildi. Agar “rossonerilar” Kyezani ilib ketishni uddalay olmasa, bor e’tiborini “Uotfurd” vingeri Jerar Delofeuga qaratadi. Klubi APLni tark etgan ispan chempionshipda qolishni istamayapti. Shu sababli, inglizlar uni 8-10 million yevro atrofidagi summa evaziga quyib yuborishga tayyor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Delafeuning agenti allaqachon “Milan” rahbarlari bilan uchrashgan va muzokaralar uchun ochiq ekanligini rasman ma’lum qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:29, 09.08.2020.
O'qildi: 7099 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.