Kirish Ro'yxatdan o'tish

Myuller sobiq jamoadoshining natijasini takrorladi

Myuller sobiq jamoadoshining natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Chempionlar Ligasining 1/8 final javob uchrashuvida «Chelsi»ni (4:1) mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahs «Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller uchun Chempionlar Ligasidagi 112-uchrashuv bo‘ldi.

Shu tariqa Myuller germaniyalik futbolchilar ichida Chempionlar Ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan «Bavariya» sobiq himoyachisi Filipp Lamga etib oldi.

30 yoshli Myuller Bundesliganing 2019/20 yilgi mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bundan tashqari, u Chempionlar Ligasi bahslarida ham 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Kiritildi: 20:30, 09.08.2020.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.