Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Boshimni tik ko‘targan holda ketyapman». Villian «Chelsi» bilan xayrlashdi

«Boshimni tik ko‘targan holda ketyapman». Villian «Chelsi» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Braziliyalik yarim himoyachi Villian «Chelsi»ni tark etadi. 32 yoshli futbolchi «Chelsi» muxlislari bilan xayrlashdi.

"Ajoyib yetti yillik. 2013 yilning avgustida «Chelsi»dan taklif olganimda aynan shu yerda o‘ynashim kerakligiga ishonchim komil edi. Bugun esa bu qaror eng to‘g‘risi ekaniga ishonmoqdaman. Ko‘plab quvonchli onlar bo‘ldi, biroq xafagarchiliksiz ham o‘tmadi. Sovrinlar bo‘ldi. Juda yorqin onlar.

Sovrinlar yutishdan tashqari, men o‘zim haqimda ko‘p narsa bilib oldim. Rivojlandim, o‘yinchi va inson sifatida yaxshi tomonga o‘zgardim. Har bir mashg‘ulotdan so‘ng, har o‘yin, kiyinish xonasida o‘tkazgan har daqiqamda o‘rgandim.

«Chelsi» muxlislariga meni «Stemford Brij»da iliq kutib olgani va yillar mobaynida qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytaman.

Tanqid bo‘ldi. Bu odatiy holat. Muhimi sadoqat va tanqid meni har bir mashg‘ulotda, har o‘yinda oxirigacha kurashishga undadi!

Olg‘a yurish vaqti keldi. Jamoadoshlarimni sog‘inaman. Menga o‘z o‘g‘lidek munosabatda bo‘lgan klubning barcha xodimlari va muxlislarni sog‘inaman.

Boshimni tik ko‘targan holda, qalb xotirjamligi ila ketyapman. «Chelsi» libosini himoya qilib, g‘alabalarga erishdim va bor kuchim bilan harakat qildim. Barchangizdan minnatdorman, sizni xudoning o‘zi qo‘llasin!", — dedi Villian.

Avvalroq Villian Londonning boshqa bir klubi «Arsenal» bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Villian «Chelsi» safidagi 7 mavsum davomida umumiy 339 o‘yin o‘tkazib, 63 ta gol urdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:27, 10.08.2020.
O'qildi: 4212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик